Isxakov S. A. Musulmon huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / S. A. Isxakov, A. R. Raxmanov



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix24.04.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#101857
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
islom huquqi

2) fay buyumlari. Mazkur buyumlarga harbiy yurishlar vaqtida, 
urushsiz, tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan ashyolar kirgan. Ular asosan 
ko‘char mulklar bo‘lib, bunday mulklar Qur’onning «Anfol» surasi 41-
oyatida shunday taqsimlab berilgan: «Agar Allohga va ajralish kunida 
ikki jamoa to‘qnashgan kunda, bandamiz (Muhammadga) nozil 
qilganimiz (oyatlar va farishtalardan iborat) narsaga iymon keltirguvchi 
bo‘lsangizlar, bilingizki, o‘lja qilib olgan narsangizning beshdan biri 
Alloh uchun, payg‘ambar uchun va u zotning qarindosh-urug‘i, yetimlar, 
miskinlar va musofirlar uchundir. Alloh hamma narsaga qodirdir»; 
3) g‘animat buyumlari harbiy yurishlar vaqtida qo‘lga kiritilgan 
o‘ljalar bo‘lib, ular asosan ko‘char mulklar bo‘lgan. Ular ishtirokchilar 
orasida teng taqsimlangan. G‘animatga qo‘lga kiritilgan barcha narsalar – 
jonsiz buyumlar, qullar, harbiy asirlar ham kiradi. G‘animatning beshdan 
biri baytulmolga jo‘natilib, qolgan qismi barcha ishtirokchilar orasida 
bo‘lingan. Arablar keyinchalik Saudiya hududidan chiqishgach, fath 
qilgan yerlaridan ko‘char buyumlarni ko‘pincha g‘animat sifatida olib, 
anfol qilib esa ko‘chmas mulklarni, asosan ekin maydonlarini egalarida 
qoldirganlar. Ikkinchi xalifa Umar davrida Eron bosib olinganda, ekin 
maydonlari va bog‘larga fotihlarni egalik qilishdan qaytarib, ularni o‘z 
egalarida qoldirganlar. 
Shia mazhabidagilarning fikriga ko‘ra, dushmanlardan qo‘lga 
kiritilgan barcha mulklar: tashlandiq yerlar, buzilgan imoratlar, tog‘lar, 
o‘rmonlar, daryolar, xullas, mag‘lub podshohlar mulkidagi barcha 
narsalar musulmonlar imomi (rahbar)ning ixtiyoriga o‘tadi. 
Luqota topilma. Ushbu guruhga har qanday topilma buyumlar, 
topilgan bolalar, kishilar kiradi. Mazkur topilmalarni o‘zlashtirish uning 


130
topilgan vaqti, joyiga bog‘liq. Deylik, o‘z shaxsiy tomorqasidan xazina 
topib olgan shaxs uning egasi bo‘ladi. Ushbu xazinani o‘zgalar yeridan 
qazib olish unga egalik huquqini bermaydi. Biror joydan topib olingan 
buyum xususida ulamolarning fikriga ko‘ra, topilgan buyumni bir yil 
davomida xalq orasida e’lon qilib turish shart. Ushbu muddat o‘tgandan 
so‘ng egasi topilmasa, topib olgan odam uni o‘zlashtirishi mumkin. 
O‘zlashtirish buyum yo‘qolgan vaqt bilan bog‘liq. Faqihlar bu borada 
shunday holatlarni ham ko‘rib chiqqanlar. Agar buyum islomning kirib 
kelishidan oldin yo‘qotilgan bo‘lsa-yu, so‘ng o‘sha buyumni o‘zga shaxs 
islom dini qabul qilingandan so‘ng topib olgan bo‘lsa, uni o‘zlashtirishi 
mumkin. Aksar ulamolarning fikricha, islom dini kirib kelgandan so‘ng 
yo‘qolgan buyumni topib olgan shaxs uni o‘zlashtirishi mumkin emas. Bu 
fikrni ular mulk huquqining shaxsda doim saqlanib qolishi bilan 
asoslaydilar. Mulk egasi mulkini xohlagan vaqtida talab qilishi mumkin, 
topilmani iste’mol qilib tugatgan, ishlatib yuborgan shaxs esa uni o‘z 
mulki hisobidan to‘lagan. 
Hanafiy mazhabi ta’limotiga ko‘ra, shartnoma (bitim) ikki va undan 
ortiq kishilarning o‘zaro kelishuvidir. Mazkur shartnoma muayyan 
manfaat evaziga yoki hech bir evazsiz tuziladi. Islomda bitim predmeti 
sanalishi uchun biror-bir harakatning bo‘lishi shart emas, balki unga 
harakatsizlik yoki biror-bir harakatni sodir etishdan to‘xtash ham kiradi. 
Musulmon huquqida nazr qilish (biror-bir xatti-harakatning oqibatiga 
bog‘lab, Alloh nomi bilan ichilgan qasamga rioya qilish. Misol uchun 
«O‘qishga kirsam, shu maskanga bir qo‘y atadim», – desa, o‘qishga 
kirishi bilan unga atab bir qo‘y so‘yish yoki mazkur maskanga hadya 
qilish vojib bo‘ladi) kabi bir tomonlama bitim, ichgan qasamiga ko‘ra, o‘z 
mulkini sadaqa yoki vaqfga berib yuborish kabi bitim ham uchraydi. 
Islomda bitimlar tomonlarning o‘zaro roziliklari asosida tuziladi.
Islom faqihlari bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlar xususida 
ham to‘xtab o‘tganlar. Islomdagi majburiyat huquqi rim yoki boshqa 
huquq tizimlaridan tamomila farq qiladi. Islomning majburiyat 
ta’limotiga ko‘ra, insonning Allohning oldidagi majburiyati eng asosiy 
majburiyat hisoblanadi. Fuqarolik majburiyatlari ikkinchi o‘rinda turadi. 
Musulmon huquqiga ko‘ra, majburiyatlar cheklanmagan va cheklanganga 
ajratiladi. 
Cheklanmagan majburiyatlar, garchi qonun bilan 
belgilanmagan bo‘lsa-da, kishilar ularni bajarishga majburdirlar. Misol 
uchun halokatga uchrayotgan shaxsga yordam ko‘rsatish, kambag‘allarga 
moddiy va ma’naviy yordam berish kabilar. Cheklangan majburiyatlarga 
qonun bilan belgilangan majburiyatlar kiradi. Bu majburiyatlar, o‘z 


131
navbatida, ikki tur: haqqulloh (ya’ni insonning Alloh oldidagi majbu-
riyatlari) va haqqunnos (shaxsning fuqarolik bitimlaridan kelib chiqadi-
gan, o‘zgalar oldidagi majburiyatlari)ga ajratiladi. 
Shartnomaning predmeti. Islom olimlarining fikriga ko‘ra, shartnoma 
predmeti, eng avvalo, birovga erkin o‘tish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Havodagi qush, cho‘kkan kema, arqonini uzib qochgan chorva moli 
shartnomaning predmeti bo‘la olmaydi. Shartnoma predmeti muayyan
aniq narsa bo‘lib, tomonlar u haqida yetarlicha ma’lumot olishlari kerak. 
Shartnoma predmeti asosan naqd bo‘lishi, shuningdek shartnomaning 
predmeti va maqsadi musulmon huquqi nuqtai nazaridan ruxsat etilgan 
bo‘lishi kerak. 
Shartnomaning shartlari. Eng avvalo, tomonlarning roziliklari va 
xohishlarini erkin bildirishlariga monelik qilinmasligi lozim. Majburlov 
ostida yuzaga kelgan bitim noqonuniy hisoblanadi. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin