138
joydan mollarni olib chiqib ketib, jinoyatni yana takrorlaydi. Yoki biror
shaxsga ko‘pgina jarohatlar yetkazadi. Musulmon huquqida bunday
jinoyatlar bitta jinoyat, deb qaraladi. Ular uchun jazo ham bir marta
beriladi. Kimda-kim ikki yoki undan ortiq marta o‘g‘rilik qilsa,
qilmishining bir martasi uchun jazo oladi.
Takrorlanuvchi,
ketma-ket sodir etiluvchi va g‘ayrimuaqqat
jinoyatlarining bir-biridan farqi. Takrorlanuvchi jinoyatlar ketma-ket
sodir etiluvchi jinoyatlarga nisbatan ko‘pincha jinoyatga yaqin amallardan
sodir bo‘ladi. Jinoyatga yaqin bir amalning o‘zi jazo uchun kifoya
qilmaydi. Shu bois, u jinoyat hisoblanmaydi. Ammo ketma-ket sodir
etiluvchi jinoyatlarda uning aksi bo‘lib, bitta jinoyat ishi uchun ham jazo
matlub bo‘ladi. Masalan, bir shaxs biror uyning jihozlarini o‘g‘irlashni
niyat qilib, shu jinoyatni amalga oshirsa, u buning uchun jazolanishi
ma’lum. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar g‘ayrimuaqqat jinoyatlardan
ba’zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar
ko‘p harakatli bo‘lishiga qaramasdan, uzilish bilan sodir etiladi. Har bir
jinoyat ishidan so‘ng, ma’lum uzilish bo‘lib, keyin esa takrorlanadi.
G‘ayrimuaqqat jinoyatlar davomli yoki yangilangan holda sodir etiladi.
Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlarning bitta jinoyat, deya qaralishining
sababi – musulmon huquqida bir turdagi jinoyatlar uchun jazolarning
ko‘paytirilishiga ruxsat etilmasligidir. Uning uchun bitta jazo kifoya,
deyiladi. Chunki jinoyatchi bir ishni niyat qiladi va uni sodir etadi, u esa
bitta jinoyat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: