9.3. «Ta’zir» tushunchasi va turlari
Musulmon olimlarining asarlarida ushbu jinoyatlarning turlari
to‘g‘risidagi qaydlar uchramaydi. Ular, asosan, jinoyatlarning hudud,
qasos va diya turlari haqida fikr bildirganlar. Chunki bunday jinoyatlar
sobit bo‘lib, ularning tamoyillari o‘zgarmagan, ularga beriladigan jazolar
ham muqarrar bo‘lib, ular ham o‘zgartirilmagan. Ushbu jinoyatlarning
hammasi muaqqat jinoyatlar, deyilgan.
Ammo ta’zir jinoyatlari ichida muaqqat va muaqqat bo‘lmagan
jinoyatlar mavjud bo‘lib, ularni qozilarning o‘zlari farqlab, belgilab
borganlar. Bu borada ularga katta huquqlar berilgan. Hukm chiqaruvchi
mahkamalarning hukmlari davlatlarning urf-odatlariga binoan turlicha
bo‘lgan. Biror davlatda ruxsat etilgan amallar boshqa davlatda man
etilgan. Shu bois fiqh olimlari ushbu masala xususida mufassal bahs olib
borishni zarur, deb topmaganlar.
139
Muaqqat jinoyatlar birorta man etilgan amalni bajarishdan yoki
buyurilgan amalni bajarmaslikdan kelib chiqadi. Bunday jinoyatlar
chegaralangan vaqt ichida sodir bo‘ladi. Ushbu jinoyatlarga o‘g‘rilik,
mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish yoki yolg‘on guvohlik berish,
guvohlik berishdan bosh tortish kabilar kiradi.
Muaqqat bo‘lmagan jinoyatlar yangilanib yoki to‘xtamasdan davom
etib turadi. Ushbu jinoyatlarning bajarilishi vaqtlari tugagandan so‘ng,
ular jinoyat, deb yuritiladi. Bunday jinoyatlarga biror shaxsni nohaq
hibsda ushlab turish, zakot berishdan bosh tortish kabilar kiradi.
Musulmon huquqining qoidalarida bayon etilishicha, muaqqat
jinoyatlar u boshlangan vaqtdan jinoyat, deb hisoblanadi. G‘ayrimuaqqat
jinoyatlar esa albatta nihoyasiga yetgan bo‘lishi shart. Ammo, bu o‘rinda
jinoyatning natijasi bilan jinoyatning davom etishini chalkashtirmaslik
lozim bo‘ladi. Bunga o‘g‘rilik jinoyatini misol qilsak, o‘g‘rilik sodir
bo‘lgandan so‘ng, o‘g‘irlangan mollarning jinoyatchi qo‘lida qolishi bu
jinoyatning davom etishi emas, balki jinoyatning natijasi, hisoblanadi.
G‘ayrimuaqqat jinoyatlar yangilanib turadigan va davom etuvchi
jinoyatlarga bo‘linadi.
Yangilanib turadigan jinoyatlar jinoyat davom etishi bilan yangilanib
turadi. Masalan, yil mobaynida zakot majburiyatini bajarmaslik vaqt
o‘tishi bilan jinoyatning ortishiga olib keladi. Bu holda jinoyat yangilanib
turaveradi.
Bunday taqsimlanishda bir qancha jinoyatlar inobatga olingan, ya’ni:
– muaqqat jinoyatni sodir etgan jinoyatchi uchun maxsus hukmlar
mavjud. G‘ayrimuaqqat jinoyatlarning hukmlari maxsus bo‘lmay, zamon
va makonga qarab o‘zgarib turadi. Shu nuqtai nazardan ushbu
jinoyatlarning har biri bitta emas, balki bir necha hukmlarga ega bo‘ladi,
deyish mumkin;
– muaqqat jinoyat ustidan jinoyat ishi jinoyat boshlanishi bilan
qo‘zg‘atiladi, ammo g‘ayrimuaqqat jinoyatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi
uchun albatta jinoyat nihoyasiga yetishi talab qilinadi;
– yangi chiqarilgan qonunlar muaqqat jinoyatlar uchun ahamiyatga
ega emas. Ular faqat muaqqat jinoyatlarga ta’sir etib, eski qonunlar
bunday sharoitda bekor qilinadi;
– muaqqat jinoyatda hukm voqea sodir etilib, mahkamaga xabar
qilinganda chiqariladi. Agar bu holda mahkamaga ma’lum qilinmagan
jinoiy voqealar sodir bo‘lgan bo‘lsa va hatto hududda o‘sha hukmga ega
jinoyatlar bo‘lgan taqdirda ham. ular hukmga ta’sir etmaydi. Hukmdan
keyin sodir bo‘lgan jinoiy voqealar tufayli ham unga o‘zgartish
kiritilmaydi.
140
Hukmdan keyin sodir bo‘lgan jinoyat uchun yangidan jinoyat ishi
qo‘zg‘atilib, muqaddam chiqarilgan hukmning jazosi ijro etilgandan
so‘ng, yangi hukm ijro etiladi. Ammo g‘ayrimuaqqat jinoyatlarda hukm
o‘tgan hamma jinoyatlarga tegishli bo‘ladi. Hatto ba’zi jinoyatlar
mahkamaga ma’lum bo‘lmagan taqdirda ham, ularning voqelikda sodir
etilganligi e’tirof qilinadi. Chunki o‘sha jinoyatga yaqin amallarning
barchasi birlashtirilib, bitta jinoyatning hisobiga kiradi.
Jinoyatlar tabiatiga ko‘ra, jamiyatga yoki shaxsga qarshi qaratilgan
jinoyatlarga bo‘linadi.
Jamiyatga qarshi qaratilgan jinoyat uchun jazo jamiyatdagi tartibni
himoya qilish maqsadida belgilanadi. Bunday jinoyatlar shaxsga yoki
jamoaga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, lekin
jamiyatga qarshi, deb yuritilishining boisi, ba’zi (zino, o‘g‘rilik) jinoyatlar
shaxsdan ko‘ra jamiyatga ko‘proq zarar yetkazadi va mazkur jinoyatlarda
jabrlangan shaxsga jinoyatchini afv etish huquqi berilmaydi.
Bunday jinoyatlar uchun jazo shaxs huquqini himoya qilish
maqsadida belgilanadi. Jinoyatlar bir vaqtning o‘zida ham shaxsga, ham
jamiyat hayotiga qarshi bo‘lishi mumkin. Masalan, qasos va diya shaxs
huquqini buzadigan jinoyatlar hisoblanadi, lekin bunday jinoyatlar
jamiyat huquqiga ham taalluqli bo‘ladi. Ammo ko‘proq shaxs huquqiga
tegishli bo‘lgani bois, jazo shaxs huquqi uchun beriladi.
Agar jabrlanuvchi shaxs o‘z haqidan kechib, jinoyatchini afv etsa,
unda jinoyatchiga jamiyat haqi uchun jazo beriladi, ya’ni unga ta’zir
uqubati belgilanadi. Ta’zir jinoyatlari ba’zi vaqtda jamiyatga va ba’zan
shaxsga qarshi sodir etilgan bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, jazolar jamiyat
haqi uchun og‘irroq, shaxs haqi uchun yengilroq belgilanadi.
Musulmon huquqida jinoyatlar oddiy va siyosiy jinoyatlarga
bo‘linadi. Garchi siyosiy tus olgan bo‘lsa-da, hamma jinoyatlar ham
siyosiy jinoyatlarga kirmaydi. Ba’zan oddiy jinoyatlar siyosiy keskinlik
vaqtida sodir etilsa, ularga siyosiy jinoyatlar sifatida qaraladi. Bu ikki xil
jinoyat xususiyatiga ko‘ra, bir-biridan farq qilmaydi. Ularning bajarilish
holatlari va usullari bir-biriga muvofiq keladi. Bunday holatlarda
jinoyatlarni bir-biridan ajratib ko‘rsatish qiyin kechadi.
Oddiy holatlarda, ya’ni urush yoki qo‘zg‘olon vaqtlaridan boshqa
vaqtlarda ro‘y bergan har qanday jinoyat oddiy jinoyat, deb yuritiladi.
Masalan, kimdir davlat hokimini o‘z siyosiy qarashlari bois qatl etgan
bo‘lsa, uning maqsadidan qat’i nazar, u oddiy jinoyatni sodir etganlikda
ayblanadi. Chunki qatl oddiy sharoitda amalga oshirilgan bo‘ladi. Bunga
xalifa Aliga xorijiylar qasd qilganlarida, qotilga uning o‘zi bergan jazosi
141
misol qilinadi. Xalifa Ali o‘g‘li Hasanga: «Madomiki, men tirik kelsam,
uni o‘zim jazolayman, agar o‘lsam, uni menga urgan zarbi kabi uringlar»,
– deb buyurgan. Islom olimlari Ali o‘z qotilini oddiy jinoyatchi deb qabul
etgan, degan fikrni bildirganlar.
Siyosiy jinoyatlar g‘ayrioddiy holatlarda yuzaga keladi. Ular
qo‘zg‘olon va urush holatlarida, bir davlat ikkinchi davlatning ustiga
bosqinchilik bilan kelayotgan vaqtda, mamlakatda tinchlik va barqarorlik
ketib, notinchlik hukm surayotgan bir sharoitda ro‘y beradi.
Fiqh olimlari siyosiy jinoyatchilarni qo‘zg‘olonchilar, deb ataydilar.
Qo‘zg‘olonchilar – davlatdan norozi bo‘lib, unga qarshi harakatlarni olib
boruvchi ma’lum bir shaxslardir.
Siyosiy jinoyatchilarning qo‘zg‘olon vaqtida va undan keyingi
huquqlari quyidagicha: qo‘zg‘olon boshlanib ketgan vaqtda, davlat
hokimi siyosiy jinoyatchilarni qatl qilmaslikka harakat qiladi. Urushda
eng ashaddiy qo‘zg‘olonchilarni o‘ldirish buyuriladi. Qo‘zg‘olonchi-
lardan biri qurolini tashlasa, unga zarar yetkazilmaydi. Uning mol-mulki,
ayollari saqlab qolinadi va urush tugagach, qaytarib beriladi. Agarda mol-
mulklar tinchlik vaqtida talon-toroj qilingan bo‘lsa ham, davlat ularni o‘z
egalariga qaytarishga mas’uldir. Siyosiy jinoyatchilarning mol-mulklari
urush ta’sirida yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa, bu holda davlat ularning mol-
mulklariga mas’ullikni zimmasiga olmaydi.
Siyosiy jinoyatchilar urush holatida odam o‘ldirish, mol-mulkni
talon-toroj qilish kabi jinoyatlarni sodir qilgan bo‘lsalar, davlat hokimi
ularni jazolashi ham, jazodan ozod etishi ham mumkin. Jazo ta’zir
uqubatidan iborat bo‘lib, bu to‘g‘rida to‘rt buyuk imom o‘z fikrlarini
bildirganlar. Imomlar Molik, Shofi’iy va Ahmad siyosiy jinoyatchilarga
o‘lim jazosi berilmasligini yoqlab chiqqanlar. Ular islomda asirlar va
jarohatlangan kishilarni qatl etish harom qilinganligini e’tirof etganlar.
Abu Hanifa esa qatlni yoqlab chiqib, agarda jamiyat maslahati buni talab
etadigan bo‘lsa, asirlarni qatl qilsa bo‘ladi, degan fikrni bildirgan. Har
qanday holatda ham bu borada davlat qozisiga katta huquq berilgan
bo‘lib, uning hukmi bilan jinoyatchi qilmishi uchun jazo oladi yoki
jazodan umuman ozod etiladi.
Siyosiy jinoyatchilarga beriladigan jazolar vaziyatga ko‘ra bir-biridan
farq qiladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, agarda jinoyat qo‘zg‘olondan
oldin yoki keyin sodir etilgan bo‘lsa, ularga oddiy jinoyatlar nisbatidagi
jazo beriladi. Qo‘zg‘olon vaqtida sodir etiladigan siyosiy jinoyatlarga
davlat rahbarlarini qatl etish, shaharlarni egallab olish va umuman urush
holatiga mansub jinoyatlar kiradi.
142
Yuqorida ta’kidlanganidek, siyosiy jinoyatchilarning muayyan
talablari va maqsadlari bo‘ladi. Ular davlat boshlig‘i yoki ijro
hokimiyatining iste’foga chiqishini talab qilish yoki itoat qilishdan bosh
tortish kabi harakatlarni sodir etadilar. Mana shu holatlarda ular siyosiy
jinoyatchilar, deyiladi. Agar jinoiy harakat musulmon huquqiga
o‘zgartirish kiritish yoki qo‘shni davlatning qonunlarini o‘z davlatida
qo‘llab, bu orqali davlat siyosatini o‘zgartirishga olib kelsa, bunday
harakat siyosiy jinoyat hisoblanmay, balki oddiy jinoyat sifatida baho-
lanadi. Ular mamlakatga fasod tarqatuvilar, deb ayblanadilar va tegishli
jazoga hukm qilinadilar.
Siyosiy jinoyatchilar qo‘ygan talablarining bajarilishini talab
qilishadi. Agarda ularning keltirgan dalillari haqiqatga to‘g‘ri keladigan
bo‘lsa, u qabul qilinadi va o‘zlari siyosiy jinoyatchilar deb tan olinadilar.
Agar qo‘yilgan talablarning vaji haqiqatga yaqin bo‘lmasa, unda ular
siyosiy jinoyatchilar, deb tan olinmaydilar.
Dostları ilə paylaş: |