143
TO‘RTINCHI BO‘LIM
10-BOB. MUSULMON SUD HUQUQI
10.1. «Musulmon sud huquqi» tushunchasi
Musulmon huquqi to‘g‘risidagi asosiy adabiyotlarda sud huquqining
ma’nosi qazo (qozilik) haqidagi boblarda yoritib berilgan. Arab tilidagi
«qazo» so‘zi tayin qilish, hal qilish degan ma’nolarni ifodalab, mazkur
fe’l (harakat)ning bajaruvchisi «qozi» (tayin qiluvchi, hal qiluvchi), deb
nomlanadi. «Qozi» ham arabcha so‘z bo‘lib, «qazo» fe’li (amali)ning foili
(ya’ni
ish bajaruvchisi, harakatni sodir qiluvchisi)dir. «Qazo» so‘zining
bir qancha lug‘aviy ma’nolari bo‘lib, hukm, ado qilish, nihoyasiga
yetkazish, komiliga yetkazish kabi ma’nolarni ifodalaydi. Uni qo‘llash
borasida to‘rt mazhab ulamolari turlicha yondashganlar.
Hanafiylarning ta’rifiga ko‘ra, qazo bu – insonlar orasida haq bilan
hukm qilish.
Molikiy mazhabining tarafdorlari esa, qazo – majbur qilib qo‘yish
yo‘li orqali shar’iy hukmni bildirish, deganlar.
Shofi’iy mazhabining tarafdorlari qazo – voqelikda shar’iy hukmning
qozi bo‘lgan shaxs tomonidan
amalga oshirilishidir, deganlar.
Hanbaliy mazhabiga ko‘ra, qazo – shar’iy hukmni va uning majburiy
bo‘lib qolganligini va muayyan bir nizoga aniqlik,
oydinlik kiritilganini
bayon qilishdir.
Ulamolar qazo – hukm chiqarishning asosiy shartlari haqida ko‘plab
fikrlarni bildirganlar. Hanafiy mazhabining olimi ibn Obiddin qazo
qonuniy bo‘lishi uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi shart, deb ko‘rsatgan:
–
birinchidan, qozining shaxsan mavjudligi (gohida hokim ham deb
yuritiladi);
–
ikkinchidan, hukm chiqarilishi uchun sabab bo‘lgan voqea;
–
uchinchidan, hukmni kutib turgan shaxs yoki jamoat;
–
to‘rtinchidan, musulmon
huquqiga muvofiq, hukmni qabul qilish,
o‘z navbatida, to‘rt maqsadni nazarda tutish:
a) Allohning haqi – zino yoki xamr (mast qiluvchi ichimlik)
ichganligi uchun had urishlik;
b) bandaning haqi – mol-mulkiga ega bo‘lish;
d) Alloh va bandaning haqlari birga,
lekin Allohning haqi ustun
bo‘lgani bois, keskin chora ko‘rish, masalan, o‘g‘rilik uchun qo‘l
kesilishi;
144
f) Alloh va bandaning haqi birga, lekin bandaning haqi ko‘proq
bo‘lgani bois, banda tomonidan istasa, yengilroq
jazo berilishi mumkin
bo‘lgan jinoyat turi – qasos yoki tuhmat uchun jazo;
–
beshinchidan, isbot yo‘llari.
Ushbu o‘rinda qozining qarori va fatvo o‘rtasidagi farq to‘g‘risida
mufassal to‘xtalish o‘rinlidir.
Dostları ilə paylaş: