Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bо‘lgani bu - erinchoqlikdir. о‘sha Romki ham tosterni о‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bо‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qо‘yasiz. Ular esa, internet orqali о‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan choy qaynatib turadi, deraza pardalarini kо‘taradi, xonani shamollatib, televizorni kerakli kanalga qо‘yib yoqib qо‘yadi. Zо‘r-a? Tо‘g‘rimi? Bu - buyumlar internetining birinchi muddaosi.

Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, ayniqsa ayollar kо‘p bora allaqachon uydan chiqib bо‘lib, keyin miyasiga «lop» etib uradigan «dazmolni о‘chirmay chiqqan bо‘lsam-a» - degan holatga tushishgan. Ba’zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qо‘shnilarni ham qiynab qо‘ygan holatlar bо‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. о‘sha dazmolni basharti о‘chirmay chiqqan bо‘lsangiz ham, uni masofadan turib, telyefoningiz orqali о‘chirib qо‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, dazmolga aytaylik ikki daqiqadan kо‘p qо‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda о‘zini-о‘zi tokdan о‘chirsin. Suv toshib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini «aytadi»).