sog‘liqni saqlash sohasida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish, rivojlantirish, joriy qilish, kuzatish va xizmat ko‘rsatish vazifalarini tegishli tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida amalga oshirishga;
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda sog‘liqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma asosida moliyalashtiriladigan vaqtinchalik mehnat jamoasini shakllantirishga;
yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida malakali mutaxassislarni, shu jumladan chet ellik mutaxassislarni maslahatchi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilishga ruxsat berilsin.