4.2. Buyumlar interneti (Internet of Things) konsepsiyasi.«Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining о‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan о‘rtaga tashlangan edi. Unga kо‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy rо‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan texnik vositalar, masalan, kо‘cha chiroqlari, eskalatorlar, avtomobil tо‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qо‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishgacha bо‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish kо‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi odam ishtirokini istisno qilishi, ya’ni, buyumlar odam ishtirokisiz ham internet orqali о‘zaro «muloqot»qilishi nazarda tutiladi. «Buyumlar interneti» deyilishning sababi ham shunda.

Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana о‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bо‘lgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham «buyumlarniki» bо‘lib qoldi. Chunki, о‘sha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari о‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon bо‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham о‘zib ketgani iddao qilinmoqda.