Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Asosiy tushuncha va atamalar 
Narx, narxning funktsiyalari, davlat buyurtmasi narxlari, qiymat, kelishilgan narx, yuqori 
narx, davlat subsidiyasi, monopol narxlar. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1.Qiymat va narx nazariyalarini mohiyatini tushuntiring? 
2.Marjinalistlarning qiymat va narx nazariyasini va uning qiymatning mehnat 
nazariyasidan farqini tavsiflab bering? 
3.Zamonaviy narx va qiymat nazariya qiymatning mehnat nazariyasi va yuqori naflilik 
nazariyalarining sintezi ekanligini tushuntirib bering? 
4. Narxning regulyatorlik rolini qanday ahamiyati bor? 
5.Narxni davlat tomonidan tartibga solishning qanday asosiy usullari mavjud? 
6.To``gri va egri usullar deganda nimani tushunasiz? 
7.Agrar sektordagi narxni davlat tomonidan tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari 
va shakllari nimalardan iborat? 
8.O`zbekistonda narxni davlat tomonidan tartibga solish usullari va shakllarini 
tushuntiring. 
9.Inflyatsiyaga qarshi siyosat narxni davlat tomonidan tartibga solish shakllaridan biri 
ekanligini tushuntirib bering.


8. IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISHNING 
BYUDJET-SOLIQ USULLARI 
8.1. Davlat byudjeti – davlat pul resurslarining asosiy fondi va iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishning usuli. 
Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida tartibga solishning 
byudjet-soliq va kredit shakllari muhim o`rinni egallaydi.
Davlat byudjetida jamiyat iqtisodiy munosabatlarining davlat daromadlarining shakllanishi 
va ulardan foydalanish bilan bo`gliq qismi namoyon bo`ladi. Soliqlar, zayomlar va boshqalar 
asosida davlat byudjeti daromadlari shakllantirilishi orqali yirik moliyaviy resurslar jamlanadi. 
Ushbu resurslarning umumiy xajmi YaIM ga nisbatan davlat byudjeti xarajatlarida namoyon 
bo`ladi. 2000 yilda rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjeti xarajatlari YaIM ga nisbatan foiz 
hisobida AQSh 29% dan Frantsiyada 51% gacha tebranganligini kuzatish mumkin. Butun 
YEIRXT mamlakatlari bo`yicha – 36,5%, shulardan, Italiyada – 46,7%, Germaniyada – 43%, 
Yaponiyada – 38,2%, Kanadada – 37,8%
3
. O`zbekiston Rspublikasida davlat byudjeti xarajatlari 
YaIM ga nisbatan 29,5% ni tashkil etadi. (maqsadli fondlar bilan – 38,5%) 
Bu esa davlat byudjeti iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim vosita 
ekanligini ko`rsatadi. Davlat byudjetining boshqaruvchanlik roli qayta taqsimlangan milliy 
daromadning bir qismini davlat mulki shakliga aylantirish ko`rinishida namoyon bo`ladi. Byudjet 
orqali, uning resurslaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish sohalari o`rtasida, moddiy va 
nomoddiy sohalar o`rtasida, tarmoqlar o`rtasida, hududiy birliklar va aholini ijtimoiy guruhlari 
o`rtasida milliy daromadni qayta taqsimlash amalga oshiriladi. Byudjet makroiqtisodiy 
mutanosiblikka erishish va uni qo`llab-quvvatlashda muhim dastak bo`lib hisoblanadi. Asosan 
iste`mol va jam`garish fondlari o`rtasidagi zarur mutanosiblikni saqlab turishda davlat 
byudjetining roli kattadir. Byudjetning takror ishlab chiqarishga ta`siri, iqtisodiyot va madaniyatni 
rivojlantirish, tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan moliyaviy resurslar 
bilan ta`minlashda namoyon bo`ladi. Byudjet davlatning iqtisodiy siyosatini yuritishda muhim 
vosita bo`lib hisoblanadi. 
Byudjetga iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish dastagi, takror ishlab chiqarishni oldindan 
aniqlash jarayonida, ya`ni ishlab chiqarish kuchlariga va ishlab chiqarish munosabatlarini 
takomillashtirishga ta`sir etuvchi vositasi sifatida qaraladi. Alohida davrlarda esa, xo`jalik-
tashkiliy faoliyatiga, davlat siyosati va iqtisodiy siyosatni ilmiylik darajasiga bo`gliq holda 
islotlarni amalga oshirishda byudjetning roli kattadir. 
Asosiy ishlab chiqarish kuchlari bo`lgan ishlab chiqarish xodimlari malakasini oshirishdagi 
muhim vazifalar ham byudjetga bo`gliqdir. 
O`zbekistonda zarur takror ishlab chiqarish proportsiyasiga erishishda byudjetning roli va 
bunday proportsiyaga erishish uchun milliy daromadni qayta taqsimlashdagi byudjetning roli 
haqidagi ba`zi tasavvurlar quyidagi dalillar beradi: misol uchun, byudjetga yengil va oziq-ovqat 
sanoatidan tushgan tushumlardan shu tarmoqlarga byudjetdan qilingan xarajatlar bir necha marta 
ko`p bo`ladi. Bu boshqa tarmoqlarda yaratilgan milliy daromadning bir qismini yuqorida sanalgan 
tarmoqlarga yo`naltirilishini anglatadi va tarmoqlar o`rtasida, shu jumladan moddiy va nomoddiy 
ishlab chiqarish sohalari o`rtasida qayta taqsimlash yuzaga keladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini tarkibiy 
qayta qurishda byudjet muhim o`rinni egallaydi. 
O`zbekiston Respublikaisining davlat byudjeti daromadlarining tarkibi uning zarur takror 
ishlab chiqarish mutanosibligini ta`minlash, iqtisodiy siyosatining muhim vazifalarini xal 
etishdagi o`rni haqida yaqqol tasavvurlarni imkonini beradi.
3
Вопросы экономики. 2002 №11 5-бет 


Davlat byudjet orqali ilmni, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirishda faol ishtirok etadi. 
Bir qator mamlakatlarda ilmiy texnik taraqqiyot loyiha ishlari (ITTLI) ga umumiy byudjet 
xarajatlarning 50% ajratiladi. (AQSh – 46,4%, Frantsiyada – 49,3%)
4
Byudjet resurslari ITTLI bilan bir qator tarnsport va informatsion tuzilmani yaratishga, 
hamda aholini ma`lumot darajasini oshirishga yo`naltiriladi.
8.2. Soliqlar davlat byudjeti daromadining asosiy manbai va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni 
tartibga solish vositasi sifatida. 
Soliqlar va ularning xajmi davlat byudjeti xarajatlari miqdoriga bo`gliq bo`lib, byudjet 
daromad qismining 90 va undan ortiqroq qismini tashkil etadi. Soliqlar – milliy daromadning bir 
qismini davlat mulkiga aylanish xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlarning undirilishi – bu 
milliy daromadning bir qismini davlat ixtiyoriga o`tkazish jarayoni hisoblanadi. Rivojlangan 
mamlakatlarda soliqlar YaIM ga nisbatan 30% dan 50%gacha tashkil etadi. Soliqlar iqtisodiy 
o`sishga muhim ta`sir ko`rsatadi. Soliq yuki yuqori bo`lgan, ya`ni soliq miqdori YaIMga nisbati 
yuqori bo`lgan sharoitda iqtisodiy o`sish sekinlashadi, optimal soliq yuki aksincha, iqtisodiy 
o`sishni kuchaytiradi va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondiradi. Shu o`rinda soliq yukining 
iqtisodiy o`sishga ta`siri bo`yicha tadqiqot natijalarini keltirish maqsadga muvofiqdir. 
Iqtisodchi Dj.Skali dunyoning 103 mamlakati bo`yicha ma`lumotlarni umumlashtirish 
asosida tadqiqot o`tkazgan. Uning tadqiqotlari shuni ko`rsatdiki, byudjetga undiriladigan 
daromadlar past soliq stavkali (19,3% atrofida) mamlakatlarda iqtisodiy o`sish o`rtacha yiliga 
2,4% ni tashkil etadi, yuqori stavkali (43,2%) mamlakatlarda esa iqtisodiy o`sish 0,4% dan 
oshmasligi ma`lum bo`ldi5. Bundan muallif past proportsional soliqlar maqsadga muvofiq 
ekanligi xususida hulosa qiladi. Boshqa tadqiqotchilar soliq stavkalari muayyan optimal darajadan 
oshmasligi lozim deb hisoblaydilar. Aynan soliq yukining optimal darajasi bu davlat byudjeti 
ehtiyojlari bilan tadbirkorlar manfaatlari o`rtasida qarama-qarshiliklarni xal etishda eng maqsadga 
muvofiq yechim hisoblanadi. 
Yuqoridagilarga muvofiq, bir qator davlatlarda, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida 
ham zamonaviy moliyaviy siyosatning muhim yo`nalishlardan biri soliq yukini pasaytirish 
hisoblanadi. 
Soliqlar davlat byudjetining daromadlar qismini moliyaviy resurslar bilan ta`minlashda 
asosiy fiskal funktsiyasi bilan birga, taqsimlash vazifasi va maxsulotlarni alohida turlarini ishlab 
chiqarishni ra`gbatlantirish vazifalarini bajaradi. Yoki aksincha, soliqlarni barqaror tutib turish
ba`zi ishlab chiqarishning o`sishini cheklaydi. 
Aholi daromadlariga solinadigan progressiv soliq stavkalari, soliq undirilmaydigan 
minimumlarning o`rnatilishi, kam daromadlarga mos tarzda past soliq stavkalari va yuqori 
daromadlarga yuqori soliq stavkalarining o`rnatilishi soliqlarning taqsimlash vazifalariga misol 
bo`la oladi. AQSh da shaxsiy daromadlar bo`yicha minimal soliq stavkasi 12% ni, yuqori darajasi 
esa 36% ni, Yaponiyada esa mos tarzda 10% va 50% ni, Germaniyada 19% va 53% ni, Belgiyada 
25% va 55% ni, Niderlandiyada 7,1% va 60% ni tashkil etadi. 
O`zbekiston Respublikasida aholi daromadlariga solinadigan minimal soliq stavkasi 11% 
ni, yuqori soliq stavkasi esa 22% ni tashkil etadi. O`zbekiston Respublikasi norezidentlari 
daromadlarini chetga olib chiqishlarini chegaralash maqsadida daromad (foyda) soli`giga 
qo`shimchalar kiritilgan bo`lib, chetga chiqadigan daromadlarga qo`shimcha 10 % miqdorda soliq 
undirish qonunda ko`rsatilgan. Tovar va xizmatlar eksportini ra`gbatlantirish uchun bu tovar va 
xizmatlar qo`shilgan qiymat soli`gidan ozod etiladi. 
Aholini ba`zi turdagi tovarlarning iste`molini chegaralash maqsadida alohida tovarlardan 
aktsiz egri soliqlarini undirish keng qo`llaniladi 
4
Общество и экономика, 1997 г №6, стр.12 
5
Налоговой кодекс Республики УзбекистанаТ. 1997 г. 93,112-стр. 


8.3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari va vositalari tizimida soliq imtiyozlari. 
 
Turli ko`rinishdagi va shakldagi soliq imtiyozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning muhim shakli hisoblanadi. Imtiyozlardan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish 
maqsadida foydalaniladi. Ular investitsiyalarni, tadbirkorlik faoliyatini, chet el kapitalini jalb 
etishni, pul va moddiy resurslarni tejashni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni va bandlikni 
oshirishni ra`gbatlantirish maqsadida qo`llaniladi. 
Iqtisodiyotni va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish maqsadida qo`llanilgan soliq 
imtiyozlari turli shakllarda namoyon bo`ladi. Eng keng tarqalganlari quyidagilar: 
1) Chegirma ko`rinishida soliq kreditlari berish, ya`ni foydani kamaytirilgan soliqlar 
hisobiga oshirish. Masalan, AQSh da 1962 yildan buyon 20 yil mobaynida turli investitsion (soliq) 
kreditlar qo`llanib kelinmoqda, ya`ni foydalanish muddati 8 va undan ortiq yil bo`lgan, ishlab 
chiqarishga kiritilgan uskunalar qiymatining 7 % ga teng miqdorda foyda soli`gi qisqartiriladi. 
Yaponiyada ham huddi shunday yangi texnika va texnologiyalarga qilingan 
investitsiyaning 7% miqdorida soliq krediti qo`llaniladi. Kanadada mos tarzda soliq chegirmalari 
7%dan 20% gacha o`zgarib turadi. Bir qator mamlakatlarda tadbirkorning ITTLI ga qilgan 
xarajatlari o`rtacha yillik foydani belgilangan ulushidan ortiq bo`lsa, qisqartirilgan soliq shaklidagi 
soliq krediti qo`llaniladi. Masalan, AQSh da bazis davriga nisbatan o`rtacha yillik me`yoridan 
ITTLI ga qo`shimcha qilingan xarajatlarning 20%ga teng miqdorda foyda soli`gi kamaytiriladi. 
Frantsiyada ITTLI ga qo`shimcha qilingan xarajatlarning 50% ga teng miqdorda foyda soli`gi 
qisqartiriladi, Kanadada esa qo`shimcha qilingan xarajatlarning 100% ga teng miqdorda foyda 
soli`gi kamaytiradi
6

Soliq krediti shaklidagi imtiyozlar ta`lim olish (asosan oliy ma`lumot) uchun yakka 
tartibdagi haq to`lovchilarga ham qo`llaniladi. AQSh dan keyingi ta`lim uchun to`lov miqdorining 
dastlabki 5 ming dollariga 20 % chegirma miqdorida «Ta`lim soliq krediti» hamda 13-17 yoshdagi 
xar bir o`quvchiga yiliga 500 dollar miqdorda soliq imtiyozi joriy etilgan7.
2) Imtiyozning ikkinchi shakli – soliqdan butunlay ozod etish yoki pasaytirilgan soliq 
stavkalarini o`rnatishdir. Bunday imtiyozlar kichik tadbirkorlikni ra`gbatlantirish maqsadida 
qo`llaniladi. Bunga qishloq xo`jaligi maxsulotlarini qo`shilgan qiymat soli`gidan ozod etilishini 
ham kiritish mumkin. Bunday imtiyozlar respublikamizda ham keng qo`llaniladi. 
3) Soliq imtiyozlarining uchinchi shakli – tezlashtirilgan amortizatsiya usulini qo`llanilishi, 
ya`ni olinadigan foydaning xajmini tezlashtirilgan amortizatsiya miqdoriga qisqartirish usulidir. 
Xukumat tomonidan belgilangan oshirilgan amortizatsiya xarajatlarini ishlab chiqarish 
xarajatlariga qo`shishga ruxsat beradi. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari oshadi, biroq 
soliq miqdorini qisqarishi hisobiga olinadigan foyda miqdori o`zgarmaydi. 
Mutanosiblikni tartibga solish uchun boshqa imtiyozlar ham qo`llaniladi. Misol uchun, 
AQSh da foydaning ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari qurilishiga yo`naltirilgan qismi soliqlardan 
ozod etiladi. Ba`zi mamlakatlarda mehnatga haq to`lash va ishlab chiqarishni texnik qayta 
qurollantirishga sarflanadigan mabla`glarni soliqqa tortishning alohida tizimlari qo`llaniladi. 
Misol uchun, Frantsiyada texnik qayta qurollanishga sarflanadigan mabla`glarga solinadigan 
soliqlar juda ham past. Germaniya va Frantsiyada qo`shimcha ish o`rinlarini yaratish uchun 
qilingan xarajatlarga maxsus soliq imtiyozlari kiritilgan
8

Respublikamizda ham iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish maqsadida soliq imtiyozlari 
tizimidan keng qo`llaniladi. O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq chet el 
investitsiyasi bilan tashkil etilgan, import o`rnini bosuvchi va eksportga yo`naltirilgan maxsulot 
ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish korxonasi daromadi (foydasi) ishlab chiqarishni boshlagandan 
5 yil muddatgacha soliqlardan ozod etiladi. Agar, ishlab chiqarish xajmining 25% dan orti`gini 
6
Денги и кредит. 1996, №3, стр.61 
7
Мировая экономика и международные отношения. 2001, №4, стр.27 
8
Экономист. 1992. №10. стр. 37 


bolalar assortimentidagi tovarlar tashkil etsa va korxona ustav fondida chet el kapitali ulushi 50% 
dan ortiq bo`lsa 2 yilgacha soliqlardan ozod etiladi. Qishloq joylarda va aholi punktlari hududida 
yangi tashkil etilgan xalq iste`moli tovarlarini ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlovchi korxonalar ishlab chiqarishni boshlagandan to 3 yil muddatgacha soliqlardan ozod 
etiladi. Umumiy ishchilar sonining 75%dan kam bo`lmagan qismi o`rta maktab o`quvchilaridan va 
kasb-xunar o`quv yurtlari o`quvchilaridan tashkil topgan yuridik shaxslarning daromadlari(foyda) 
soliqlardan ozod etiladi. 
Ekologiyaga, so`glomlashtirish va xayriya fondlariga, madaniyat muassasalariga, xalq ta`limi va 
so`gliqni saqlashga badallar to`lash hisobiga daromadni(foydani) soliqqa tortishni kamaytirish 
shaklidagi imtiyozlar ham mavjud. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin