Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Davlatning mintaqaviy siyosatining prinsiplari va mohiyati



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

16.2.Davlatning mintaqaviy siyosatining prinsiplari va mohiyati 
Mintaqaviy siyosat hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat tomonidan tartibga 
solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish hisobiga 
mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga 
yaqinlashtirish, aholining turli qatlamlari o‘rtasida moddiy ne’matlar taqsimotidagi hududiy 
tafovutlarni eng kam darajaga keltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy 
hokimiyat va o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi lozim. Mintaqaviy 
siyosatning maqsadi mamlakatning yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga halaqit beradigan, 
ijtimoiy kelishmovchiliklarning paydo bo‘lishiga xizmat qiladigan hududiy notengliklarni bartaraf 
etishdan iborat. 


Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan avval, birinchi navbatda, mamlakatdagi hududiy 
notengliklarning sabablari o‘rganiladi. Bunda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- tabiiy-iqlim sharoitidagi keskin tafovutlarning mamlakatning ayrim hududlari aholisining 
turmush sharoiti va tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri; 
- mintaqalardagi mavjud tabiiy resurslar hajmi, sifati va ulardan foydalanish darajasi; 
- mintaqalarning chekka hududlarda joylashganligi natijasida transport xarajatlarining 
ko‘payishi, mahsulot narxlarining ortishi. Bu esa o‘z navbatida bozorning torayishiga olib keladi. 
Transport va kommunikatsiya aloqalarining yomonligi chetda joylashgan mintaqalarning iqtisodiy 
rivojlanishini qiyinlashtiradi; 
- u yoki bu turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi texnologik rivojlanish 
bosqichi (xomashyo resurslari, oraliq mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va xizmatlar); 
- mintaqaning avtonomiya darajasi, siyosiy shart-sharoitlari, rivojlanish tarixi va h.k.; 
- ishlab chiqarish infratuzilmasi: aeroportlar, transport tarmoqlari, sanoat maydonlari
telekommunikatsiya tizimlari va h.k. bilan ta’minlanishi; 
- ijtimoiy-madaniy omillar: shaharlashuv darajasi, aholining ma’lumoti, ilmiy markazlarning 
mavjudligi va h.k. 
Mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish dastaklari. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda mintaqaviy siyosat kapital 
qo‘yilmalar qayta taqsimlanishini ta’minlashga xizmat qiladigan quyidagi 3 yo‘nalishda olib 
borilmoqda: 
Birinchi yo‘nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma 
obektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilashdan iborat. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bevosita ishlab chiqarishga 
aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy 
sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo‘llar, 
elektr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa tarmoq mavjudligi bunday hududlarda 
tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda mamlakatimizda qishloq aholi 
punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Ikkinchi yo‘nalish – yuqori darajada rivojlangan va sanoati taraqqiy etgan mintaqalar, 
xususan, yirik shaharlarga nisbatan cheklash usullarini qo‘llash (ma’muriy yoki moliyaviy 
cheklashlar orqali amalga oshiriladi). Bunday mintaqalarga yangi sanoat korxonalarini 
joylashtirishga chek qo‘yish orqali hududiy tafovutlar kuchayishining oldi olinadi. Mazkur usul 
dunyoning deyarli barcha taraqqiy etgan mamlakatlarida aglomyeratsiya markazlariga nisbatan 
keng qo‘llaniladi. O‘zbekistonda yirik va katta shaharlarga yangi sanoat korxonalarini 
joylashtirishning oldini olish, kichik shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarini 
rivojlantirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Uchinchi yo‘nalish - muammoli mintaqalarga sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadida 
xorijiy va xususiy sarmoyalarni jalb etishni rag‘batlantirishahri. Mazkur yo‘nalish iqtisodiyotning 
turli tarmoqlariga mansub korxonalarni joylashtirishda davlat tomonidan muhim e’tibor 
beriladigan asosiy yo‘nalish hisoblanadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin