Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri va uni bartaraf etish



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/203
tarix08.09.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#142081
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

 
12.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri va uni bartaraf etish 
yo`llari 
Ko`plab mamlakatlarni qamrab olgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O`zbekistonga ham 
o`z ta`sirini o`tkazdi. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “... tobora 
chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta`sir ko`rsatmaydi, bizni 
chetlab o`tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o`ta soddalik, aytish 
mumkinki, kechirib bo`lmas xato bo`lur edi”
1
, - deb ta`kidladi. Bunga sabab O`zbekiston bugun 
xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga 
aylangan. Buning tasdi`gini, Yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, respublikamizning tashqi dunyo 
bilan aloqalarining tobora kengayib borayotganida, rivojlangan mamlakatlar ko`magida va 
hamkorligida mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash bo`yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O`zbekistonning 
xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o`sib 
borishida yaqqol ko`rishimiz mumkin. 
Shu boisdan ham global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari mamlakatimiz 
iqtisodiyotining rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta`sir etmoqda. Inqiroz ta`sirini 
Yurtboshimiz “Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O`zbekiston eksport qiladigan 
qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o``gitlar va boshqa 
mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o`z navbatida, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va 
investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda 
ko`rishiga 
va 
ishlab 
chiqarish 
rentabelligiga, 
oxir-oqibatda 
esa 
makroiqtisodiy 
ko`rsatkichlarimizning o`sish sur`atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta`sir 
etadi”
2
, - deb izohlab berdi. 
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009, 11-бет. 
2
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009, 12-бет. 


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O`zbekistonga ta`siri boshqa ko`pgina davlatlarga 
nisbatan bir muncha yumshoq bo`layotganini hayotning o`zi tasdiqlamoqda. Bunga sabab 
O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli asosida 
mamlakatimizda amalga oshirilgan tub o`zgarishlar milliy iqtisodiyotimizning barqaror va 
mutanosib rivojlanishini tashqi salbiy holatlarga, turli inqirozlarga bardoshli bo`lishini ta`minladi.
Shu boisdan ham Prezident I.A.Karimov: “Biz istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilgan, 
mashhur besh tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tish 
modeli yildan-yilga ilgarilab borganimiz sari o`zini amalda oqlab, naqadar to``gri va puxta ekanini 
isbotlamoqda, deb aytish uchun bugun barcha asoslarimiz yetarli. Birinchi navbatda, 
iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo`lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o`z ifodasini 
topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o`z zimmasiga olishi
qonun ustuvorligini ta`minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich 
va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar – ayniqsa, dunyoda avj olib borayotgan 
moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida o`zining dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor 
ko`rsatmoqda”
1
, - deb ta`kidlagan. 
O`zbekistonda ushbu siyosat orqali moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, 
shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz 
ishlashini ta`minlash uchun asos yaratilgan.. 
O`zbekistonda qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el 
investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo`yicha jalb etish tamoyiliga doimo 
amal qilib kelinganligi tufayli ham respublikaning tashqi qarzi 13,3% miqdorida bo`ldi. 
Vaholanki, ko`plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi puxta o`ylanmagan siyosati ularning 
iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram, xatarli vaziyatlar oldida himoyasiz va nochor ahvolga 
solib qo`yganini ko`rish, kuzatish qiyin emasligini Yurtboshimiz o`zining asarida asoslab berdi. 
O`zbekistonda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini oldini olish va 
yumshatish imkonini beradigan omillar quyidagilardan iborat: 

Tijorat banklarining likvidliligi va kapitallashish darajasini oshirishga qaratilgan 
siyosatning 2005 yildan boshlab izchillik bilan amalga oshirilganligi. 

Puxta o`ylangan pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida inflyatsiyaning 
prognoz ko`rsatkichlari chegarasida saqlab qolinayotganligi. 

Oqilona byudjet-soliq siyosatining olib borilganligi natijasida Davlat byudjeti profitsit 
bilan bajarilmoqda, soliq yukining pasayib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o`zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq 
bo`linganligi. 

Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdorining barqaror 
o`sish sur`atiga ega bo`layotganligi. 

Mamlakat tashqi qarzining mo``tadil darajasini ta`minlashga muvaffaq bo`linganligi. 

Fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan katta miqdorda moddiy 
va moliyaviy resurslar ajratilayotganligi. 
Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha 2009-2012 
yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O`zbekistonni 2009 yilda 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishi bo`lib qoladi. 
Inqirozga qarshi dasturning eng muhim yo`nalishlari quyidagilardan iborat. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin