Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
1. Nima uchun tarixchi J. Sarton XI asrni «Be ru niy asri» deb ta’rifladi?
2. Beruniyning g‘arbiy yarim sharda katta quruq lik borligi to‘g‘risidagi fikri 
XV–XVI asrlarda o‘z tasdig‘ini topgan. Bu qaysi qit’a?
Beruniyning Yer 
aylanishi chizmasi
Beruniy ismidagi «Abu 
Rayhon» qismi – Ray-
honning otasi (ray-
honning eng yaxshisi, 
a’losi ma’nosida), «Mu-
hammad» – mutafak-
kirning o‘z ismi, «ibn 
Ahmad» – Ahmadning 
o‘g‘li ekanini anglatadi.
Beruniy Kot (Kat) shahrining tashqarisida tug‘ilganligi uchun «Beruniy», ya’ni «tashqarilik» de-
gan taxallus bilan atalgan. Uning ilk ustozi Abu Nasr ibn Iroq bo‘lib, Beruniy undan astronomiya, 
algebra va geometriyaga oid bilimlarni o‘rgangan. Abu Nasr ibn Iroq Beruniyga mehri balandli-
gidan 12 ta asarini mazkur sevimli shogirdiga bag‘ishlagan. Beruniyning ikkinchi ustozi Abu Sahl 
Iso al-Masihiy bilan Jurjondagi paytida tanishgan. Beruniy undan tibbiy, astronomiya va falsafa-
ga oid bilimlarni o‘rgangan.


182
Abu Rayhon Beruniy. «Kitob al-tafhim» asari
Usturlob
Manbalarda
«Kitob al-tafhim» Abu Ray-
hon Beruniyning X-XI asr-
larda yozgan astronomiya
fizika, matematika, geo-
metriya va geografiya fan-
lari bo‘yicha yirik ilmiy asari.
XIII asrda ko‘chirilgan nusxa.
Abu Rayhon Beruniyning kashfiyotlari, ayniqsa, uning «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Say
-
dana» kabi asarlari o‘z zamonasidayoq unga shuhrat keltirdi.
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari Beruniyning ko‘p qirrali olim 
ekanini namoyish etdi. 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida ajoyib jumlalar keltiradi: 
«Gar
-
chi biz bu kitobning ba’zi joylarida turli fanlarga o‘tib, bayonimizga aloqasi yo‘q ma
-
salalarga kirishib ketsak ham, bu gapni cho‘zish yoki ko‘paytirish maqsadida emas, 
balki o‘quvchini zeriktirmaslik uchundir. Chunki doim bir xil narsaga qarash malollik va 
sabrsizlikni olib keladi. O‘quvchi fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘x- 
shaydi...» 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin