Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun


183
U arab adabiyoti okea-
nida yagona qoyadir. 
Hindshunoslikda Be-
runiyga teng keladi-
gan kishini na ilgari va 
na so‘nggi vaqtlarda 
o‘tganini bilmaymiz.
Zaxau, XIX asr,
nemis sharqshunosi
«Beruniy geologiya va 
mineralogiya fanlari-
ning nazariyotchisi va 
asoschisidir».
H. Abdullayev, akademik
Xorazmdagi siyosiy ziddiyatlar va notinchlik sabab Beruniy 22 yoshida ona shahri-
ni tark etib, Kaspiy dengizi janubidagi Jurjon va Ray shaharlarida nihoyatda faqirlikda 
kun kechirgan. Hatto ilmiy munozaralarda ham puldor olimlar uning muhtojligi ustidan 
kulish gan. Bu haqda Beruniyning o‘zi shunday yozadi: «Ray shahrida bir olim astro-
nomiya sohasida men bilan bahsga kirishdi va ilmda mendan ancha past tursa-da, 
mendan o‘zini yuqori olib, hatto kaminani haqorat ham qildi. Vaholanki, faqat boylik 
ortiqchaligi oramizdagi farq edi».
«Hindiston» kitobining yaratilishi haqida esa shun
-
day fikr bildiradiki, unda har qanday orzu-istakning 
o‘zagi mehnat va harakat degan xulosa kelib chiqadi. 
Bu asarning tarixiy ahamiyati va qimmati har bir davr 
jahon allomalari tomonidan e’tirof etilgan. 
«О‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri 
hind madaniyatining chigal masalalarini chuqur ilmiy 
ruhda tushunishda Abu Rayhon Muhammad ibn Ah
-
mad Beruniy erishgan yutuqlarga erisha ol
-
madi. Beruniyning «Hindiston» asari klas
-
sik namuna bo‘lib qolishi bilan birga, o‘z 
muallifining qadimgi hind madaniyati va 
faniga qilgan tortig‘idan iboratdir», — de
-
gan edi Hindiston olimi Hamid Rizo. 
«Mineralogiya» asarida minerallar va ma’dan
-
larning o‘z davridagi narx-navosi, ba’zilarining shifo
-
baxshlik xususiyatlari, nodir tosh va metallar bilan 
bog‘liq ayrim qiziqarli etnografik ma’lumotlarni bayon 
etgan, bu mazkur kitobning muhim tarixiy manba sifa
-
tidagi ahamiyatini yanada oshiradi. Shuningdek, Beru
-
niy «Mineralogiya» kitobida shunday yozadi: «Mehnat
-
siz shon-shavkatga, martabaga erishgan kishi hurmatga 
loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan kishi fa
-
rog‘at va rohat soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo 
ulug‘lik libosidan mahrum, yalong‘ochdir». U insonning 
asosiy vazifasi mehnat orqali ko‘zlangan maqsadga eri-
shish, yaxshilik orqali yaxshilik ko‘rishidir, deb qayd etadi.
Hind olimi Hamid Rizoning 
«Hindiston» filmi asosi-
da taqdimot tayyorlang va 
muhokama qiling.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin