Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat


184
Beruniy G‘aznada
Xorazm 1017-yil Mahmud G‘aznaviy tomonidan zabt etilgach, ko‘pchilik olimlar qatori Beruniy ham 
G‘aznaga olib ketiladi. Mahmud G‘aznaviy Xorazm hukmdori Ma’munning sadoqatli odamlari sifatida 
qarab, Beruniy va ba’zi olimlarga dastlab yaxshi munosabatda bo‘lmagan. Ammo keyinchalik vaziyat 
o‘zgardi. Sulton Mahmud o‘zining Hindistonga qilgan bir nechta yurishlarida hatto Beruniyni mu-
najjim sifatida yonida olib yurgan. Bu yurishlar davrida to‘plangan ma’lumotlar asosida olim o‘zining 
mashhur «Hindiston» asarini yozgan.
Beruniyning ilmiy faoliyati Sulton Mahmudning o‘g‘li Mas’ud G‘aznaviy (1030–1041) davrida yanada 
yuksaldi. U Mas’udning arab tilini o‘rganishiga, astronomiyadan xabardor bo‘lishiga ko‘maklashdi. Sul-
ton Mas’udning homiyligidan minnatdor bo‘lgan Beruniy unga bag‘ishlab «Qonuni Mas’udiy» asarini 
yaratgan.
Mulohaza uchun
2009-yil iyun oyida Eron hukumati to
-
monidan Venadagi Birlashgan Millatlar 
Tash kilotining bo‘limiga to‘rt mashhur olim: Ibn Sino, 
Beruniy, Zokiriy Roziy (Reyz) hamda Umar Xayyom
-
ni o‘z ichiga olgan pavilyonni taqdim etiladi. Hozirda u 
Vena xalqaro markazi Memorial maydonidan joy olgan.
Abu Rayhon Beruniy «Mineralogiya». 
XI asr. Suvga tushirilgan namuna 
asosida siqib chiqarilgan suyuqlikning 
hajmini aniqlash moslamasi chizmasi.
Beruniy tibbiyotga bag‘ishlangan 
«Saydana» asarida mingdan ortiq 
dorivor moddalar nomini 30 tilda 
yozib chiqqan.
Beruniy o‘zining birinchi astro-
nomik tajribalarini 16 yoshda Kat 
shahrida boshlagan. Alloma, nafaqat astrono-
miya va boshqa tabiiy fanlar bilan shug‘ullandi, 
balki tarix, xususan, din tarixi bilan ham qiziqdi.
Olim muhim asarlaridan biri bo‘lgan «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar»ni 1000-yili tu-
gallagan. Bu asar muallifning ko‘p qirrali olim 
ekanini namoyish etgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin