Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ma’lumot uchun
Tabiblar maslahati


187
Ushbu matnni o‘qing. Matndagi «Dunyo taraq-
qiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy 
negizda rivojlan tirishga ulkan ta’sir o‘tkazadi», degan jumlani 
qanday tushundingiz? 
«Bu allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraq qiyotini 
insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy negizda rivojlan tirishga 
ulkan ta’sir o‘tkazadi, deb aytishga asoslar bor».
Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish ish
-
lari XIII asrga kelib jadal tus oldi. Natijada 
maxsus ilmiy yo‘nalish – sino shunoslik 
vujudga keldi. «Tib qonunlari» lotincha tarjimasi to‘liq 
holda 40 marta nashr qilindi. 
XVIII asrda yashagan mashhur shved botanigi Karl 
Linney doimo yashil bo‘lib turuvchi bir tropik daraxt
-
ni Ibn Sino sharafiga Avitsenniya deb atadi. Buxoro 
shahri va Afshona qishlo g‘ida allomaga haykal o‘rna
-
tildi, Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga 
haykal qo‘yilgan (2000). Afshonada buyuk alloma
-
ning muzeyi ochildi. O‘zbekistonda Ibn Sino xalqaro 
jamg‘armasi tuzildi (1999), shuningdek, «Ibn Sino» 
va «Sino» nomli xalqaro jurnallar nashr qilinmoqda. 
Ibn Sino tibbiyot tarixida birinchi bo‘lib vabo bi
-
lan ofatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og‘ri
-
gan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saq
-
lashni ta’kidlagan. Bemorlarni davolashda olim 
3 narsaga: ovqatlanish tartibi (parhez), dorilar bi
-
lan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo‘llash (qon 
olish, zuluk yoki banka qo‘yish va boshqalar)ga 
ahamiyat berish kerakligini aytadi. U kasallikni 
davolashda shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy 
mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtiradi.
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Abu Ali ibn Sino 10 yo-
shida Qur’oni Karimni 
to‘liq yod olgan. 13 yoshi-
dan boshlang‘ich matematika, man-
tiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ul-
lana boshlagan. U 16—17 yoshidayoq 
mashhur tabib — hakim bo‘lib tanildi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin