42
43
Buyuk ipak yo‘li Qang‘ davlati davrida savdo karvonlari orqali ulkan hududdagi mulklar
va shaharlarni, jumladan, Sug‘d va Chochni o‘zaro bog‘lagan bo‘lsa, Eftaliylar davrida
Chochning Ipak yo‘lidagi muhim strategik ahamiyati kamaymadi. Shu bois, Sosoniy-
lar podshosi Xusrav I ning eftaliylarga qarshi kurashi bayon etilgan manbada Choch
Farg‘ona kabi eftaliylarning chegara hududi sifatida keltirilgan. Bu davrda Choch Sug‘d
va boshqa mulkliklar kabi o‘z mustaqil ichki va tashqi siyosatini davom ettirgan.
Y. F. Buryakov
«Ilk o‘rta asrlardagi Choch tarixidan»
Choch
(Toshkent vohasi) Chirchiq va Ohangaron havzalaridagi dehqonchilik va
ko‘chmanchi chorvadorlarning hududlari kesishgan mintaqada joylashgan. Choch
Ipak yo‘lining shimoli-sharqiy yo‘nalishida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hudud
hisoblangan. Ilgari Choch da o‘troq mahalliy aholining manzilgohlari paydo bo‘lgan
bo‘lsa, VI–VIII asr boshlarida ularning soni nihoyatda oshgan.
Turk xoqonligi davrida esa turkiylar vohada yetakchi kuchga aylandi. Ammo vo
-
haning turkiy hukmdorlari davlat ishlarini olib borishda sug‘diy til va yozuvdan foy
-
dalanishgan. VII–VIII asrlarga mansub tangalarini ham sug‘diy yozuv va tilda zarb
ettirishgan. Bu fanda
turk-sug‘d namunasidagi tangalar
deb yuritiladi.
Chochda sug‘diy til va yozuv qatorida turkiy til va yozuvning amal qilishi Qanha
shahri xarobasidan topilgan sopol idishdagi bitiklarda o‘z aksini topgan. Bu voha
-
ning VI–VIII asrlardagi etnik manzarasini ham aks ettiradi.
Chochga sug‘diylarning kirib kelishi ma-
halliy a’yonlarning o‘troqlashib, zardush-
tiylikni qabul qilishiga sabab bo‘lgan.
Choch ko‘plab diniy konfessiyalar ke-
sishgan mintaqa bo‘lganligi uc
hun bu
yerda mahalliy turklarning tangric
hilik,
xristianlikning nestorian oqimi, moniylik
kabi dinlar ham tarqalgan.
Chag‘oniyon va Choch elchilari Sug‘d
hukmdori Varxuman huzurida.
Afrosiyob xarobalaridan topilgan
«Choch» arablar tomonidan «Shosh»
deb nomlangan. Chunki arab alifbo-
sida «ch» harfi bo‘lmagan.
|