Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
55
Ov manzarasi tasvirlangan 
mis idish. Eftaliylar davri,
V asr. Pokistondan topilgan
Moniylarning sug‘diy tilli diniy 
kitobati namunasi
Ijodiy 
faoliyat
Yuqoridagi ov manzarasi tasvi-
riga qarab, kichik esse yozing.


56
Zardushtiylik diniga oid Chilpiq 
qal’a (Amudaryo tumani, 
Qoraqalpog‘iston)
Mamlakatimiz hududida yashagan 
xalqlar tangrichilik, zardushtiylik, bud
-
daviylik, xristianlik va boshqa dinlarga 
e’tiqod qilishganliklarini yuqoridagi mavzulardan 
bilib oldingiz. Mazkur dinlarning ibodatxonalarida 
maxsus maktablar bo‘lib, ta’lim oluvchilarga din
-
ning asoslari o‘rgatilgan. Xat-savodi chiqarilgan. 
Xususan, buddaviylik ta’limoti bilan bog‘liq an’a
-
nalar o‘rganilganida, har bir ibodatxonada rohib
-
lar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bo‘lganligi 
aniqlangan. Misol uchun buddaviy o‘quv maskan
-
lari – viharalarda asosiy fan sifatida Daxarma, ya’ni 
diniy qonun-qoidalar va Xudoning mohiyati hamda 
irodasi (xudojo‘ylik) haqida ta’lim berilgan.
Yahudiylar Ossuriya quvg‘inlaridan Eronga, Sa
-
marqand va Buxoroga ko‘chib keladilar. Yahudiy ja
-
moalari bilan birga qadimgi Mesopotamiyaning ma
-
daniyati ham kirib keladi. Yahudiylar ibodatxonalari 
qoshida diniy ta’lim o‘rgatiladigan maktablar tashkil 
qilingan. Turon hududidan o‘tgan savdo yo‘llarida 
eng qimmatbaho tovar bu yozuv materiallari va ki
-
toblar hisoblangan.
Mulohaza uchun


Marv shahrining 
xarobalari
V asrda Samarqand va Buxoroda xristian
-
lik tarqalib, diniy muassasalar tashkil qilingan. 
Xristian dini ta’lim masalalarida: «Farzandla
-
ringiz Masihiyning tarbiyasini olsin; ular Xudo 
oldida qanchalik kamtarlik, Xudo oldida kuchli 
sevgi nimani anglatishini, Xudodan qo‘rqish 
qanchalik go‘zal va buyuk ekanini va unda sof 
aql bilan yurganlarni qutqarishni o‘rgansinlar», 
– degan tamoyiliga amal qilib, mazkur hudud
-
lardagi ibodatxonalarda maktablar tash kil etil
-
gan. Sug‘ddagi katta nestoriyan jamoalarining 
hujjatlari sug‘d tilida yozilgan.
1. Guruhlarga bo‘lining va yangicha alifbo tuzib 
ko‘ring. Uni taqdimot qiling. Taqdimotingizni tuz-
gan alifboda yozishga harakat qiling.
2. Qanday muammolar yuzaga keldi?
Guruhda ishlash 
jarayonida
Matn yozish 
jarayonida
Taqdimot jarayonida
3. Nima deb o‘ylaysiz, yangi alifboni butun jamiyatga joriy etish 
uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi, qanday tadbirlarni amalga 
oshirish kerak? Bu alifboni keyingi avlodlar ham bilishi uchun 
nimalarga e’tibor qaratish kerak?
4. Turkiy hukmdorlar davlat ishlarini olib borishda sug‘diy til 
va yozuvdan foydalanganligining ijobiy va salbiy tomonlarini 
aniqlang.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin