Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
52


Jangchilarning ustunligi ikkiyoqlama o‘tkir tig‘li qi
-
lichlarida bo‘lgan. Sovutlari ham uzun bo‘lib, askarlar
-
ning oldi va orqasini kesiklari bo‘lgan charm bo‘laklari 
muhofaza qilgan. Oyoq va qo‘llarini himoyalash maq
-
sadida maxsus metall parchalaridan tayyorlangan so
-
vut kiyishgan. Himoya vositalaridan biri bo‘lgan du
-
bulg‘a temirdan yasalgan. Dubulg‘a yelkada osilgan 
zirhli yelkapo‘sh bilan bir bo‘lgan.
Bu davrda shaharlar, qal’alar va boshqa binolar 
mudofaa maqsadlariga mos tarzda barpo etilgan. 
Turon xalqlari o‘z shahar-qal’alarini tadbirkorlik bi
-
lan mudofaa etganlar. Yirik dehqonlarning Xorazm, 
Sug‘d va Toxaristondan topilgan uy-qo‘rg‘onlari 
burjli mudofaa devorlari va kamondan o‘q otishga 
mo‘ljallangan shinaklariga ega bo‘lgan. Qo‘rg‘onga 
kirish joyining ro‘parasida xabar beruv chi qo‘riqlov 
minorasi qad rostlagan. Shahar atrofidagi xandaq 
suv bilan to‘ldirilib, unga ko‘tarma ko‘prik orqali
-
gina o‘tish mumkin bo‘lgan. Qo‘rg‘onlarni nayza 
bilan qurollangan jangchilar qo‘riqlab turgan. 
Tahlikali xabar bo‘lganda jangchilar devor 
va burjlardagi o‘z o‘rinlariga shoshilgan
-
lar. Dushmanlar qasrga kirish uchun 
xandaqni ko‘mishlari, darvozani bu
-
zishlari lozim bo‘lgan. Qasr himo
-
yachilari devordan turib ularning 
boshiga tosh uloqtirganlar
qaynoq suv quyganlar, nay-
za, yoy o‘qlarini yog‘dir
-
ganlar.
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. Bu davrda Yevropada va boshqa Sharq davlatlarida harbiylarning ko‘rinishi qanday edi?
2. Nima uchun Turon hududidagi harbiy qurol-aslahalar dunyoga mashhur va keng 
tarqalgan edi? 
3. Yuqori sifatli hujumkor va himoya qurollarini ishlab chiqaruvchi maxsus markazlar 
yaratish uchun qanday bilimlar kerak bo‘lgan?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin