1 6 - 1 7 - m av z u l a r :
VI–VII ASRLARDA TURON
XALQLARI MADANIY HAYOTI
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Oldingi darslardan
olgan bilimlaringiz asosida
quyidagi savollarga javob berish ga harakat qi-
ling:
1. Karvon yo‘llari orqali Turk xoqonligiga qaysi
davlatlarning madaniyatlari kirib kelgan va
ularning ta’siri qanday bo‘lgan?
2. Qadimgi tariximizdan so‘zlovchi eng qadim-
gi yozma manba haqida ma’lumot bering.
Manba qaysi tilda yozilgan?
Mazkur manba
mamlakatimiz hududida qadimgi xalqlar-
ning madaniyati darajasini belgilaydimi?
Misollar keltiring.
3. Insoniyatning madaniyatini belgilash
uchun qanday omillarga e’tibor qarati-
ladi? Madaniyat
darajasi nimalar bilan
o‘lchanadi? Berilgan rasmlar asosida davr
madaniyatiga baho bering.
54
1
2
4
3
5
Mamlakatimiz tarixida ta’lim tizimining
rivojlanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lib,
yozuvning paydo bo‘lishi bilan bu jarayon
yanada jadallashgan. Qadimgi tosh bitiklar, teri, sopol,
yog‘och (taxta) va keyinchalik qog‘ozlarga tushirilgan
ma’lumotlar ta’lim tarixidan so‘zlovchi manba hisob
-
lanadi. Arxeologik
topilmalar, qo‘lyozmalar, Behustun
yozuvlari va boshqa yozuvlarning mavjudligi,
savdo
aloqalari mazkur hududda ta’limning rivojlanganlik da
-
rajasini ko‘rsatadi. Tariximizdan darak beruvchi eng
qadimgi yozma manba «Avesto»da nafaqat diniy bal
-
ki, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar hamda ma’na
-
viy-ma’rifiy qarashlar haqidagi ma’lumotlar to‘plangan.
Xorazmdagi Jonbosqal’a va Tuproqqal’adan topil
-
gan zardushtiylarning ibodatxonasi
diqqatga sazovor
inshootlarning o‘rtasida qo‘sh devorlar bilan qurshal
-
gan va ichkariga aylanma yo‘lagi orqali kiriladigan
to‘g‘ri burchakli bino bo‘lgan.
Xonalardan teriga va
yog‘ochga yozilgan turli mazmundagi hujjatlar hamda
katta-kichik haykalchalar topilgan. Bu esa, ibodatxona
-
ga tutash binolarda ta’lim maskanlari, huquq idoralari,
ma’muriy-xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanadigan joylar
bo‘lganidan dalolat beradi.
Xorazmda o‘g‘il bolalarga o‘qish, yozish, hisob-ki
-
tob o‘rgatilgan. Shuningdek,
ularga geografiya, zoo
-
logiya, botanika, astronomiya, muhandislik, tibbiyot va
me’morchilik kabi turli fanlardan bilimlar berilgan.
Mulohaza uchun
1. Biror xorijiy til va yozuvni o‘zlashtirish uchun sizga
qanday shаroit va jihozlar kerak? Masalan, darslik,
xarita, lingofon...
2. Har bir yirik shahar va viloyatlarda ta’lim tarixidan
so‘zlovchi manbalarga e’tibor qaratganda,
avvalo
qaysi ma’lumotlarga tayanish kerak bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: