Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

59
Mulohaza uchun
1. Rasmda sug‘diylar va toxariylar berilgan. Maz-
kur rasm asosida hikoya tuzing. Ular qanday 
tadbirni nishonlashmoqda?
2. Rasmdagi liboslarga e’tibor bering, bugungi kunda ularning 
qaysilari urfdan qolmagan? Ularning liboslari sizga bugungu 
kundagi qaysi xalqlarning milliy liboslarini eslatadi?
Ijodiy faoliyat
Afrosiyob, Varaxsha, Panjikentdagi qazilmalardan topilgan buyum
-
lar Turon aholisi madaniyatidan darak beradi. Saroy va ibodatxona, tu
-
rar joy binolari, devorlardagi naqshlar, turli suratlar, haykallar, yog‘och 
o‘ymakorligi buyumlari, Mug‘ tog‘i va Afrosiyobda topilgan sug‘d yozuvlari shular 
jumlasidandir.
Bu davrda to‘qimachilik yuqori darajaga erishgan. Tog‘li va tog‘oldi hududlarda 
jun, vodiylarda ipak va ip matolardan foydalanilgan. Kiyimlarda bir yoki ko‘p rangli 
ipaklar, sidirg‘a yoki naqshli ip-gazmollar, zar qo‘shib to‘qilgan matolar qo‘llanardi.


Naqshlardagi hayoliy va geometrik 
shakllar, o‘simlik va hayvonlar suratlari 
ikki-uch yoki to‘rt rangli bo‘lgan. Asosan qizil, sa-
riq, yashil, oq, qora ranglardan foydalanilgan. Tu-
ron gazmol markazlarida «zandanachi» kabi ko‘k 
rangli ipak va boshqa matolarning ishlab chiqa-
rilishi yopishtirma yassi, g‘ilof kiyimlarning paydo 
bo‘lishiga olib keldi. 
Erkaklarining kiyimi otga minib yurishga qu
-
lay bo‘lib, kalta kaftan va ko‘ylaklar, keng va ba
-
land qo‘njli etiklardan iborat edi. 
Ayollarning kiyimi erkaklar kiyimiga o‘xshash 
bo‘lib, ko‘ylaklar, kaftanlar, bir tomonlama qay
-
tarmali yopinchiqlar ko‘rinishida edi. Ulardan 
tashqari shleyfli uzun ko‘ylak, kofta, yubka va 
po‘stinlar ham kiyishardi. Ustki kiyimlarining (kaf
-
tan, yopinchiq va po‘stin) uzunligi tizzagacha bo‘lgan. 
Kiyimning yoqasi, etagi, oldi, yengining uchi boshqa 
rangli matodan qilingan hoshiya bilan bezatilardi. 
Ayollarning kiyim ansamblida nimchalar, koftalar, 
to‘g‘ri shaklli yubkalar va uzun ko‘ylaklar bo‘lgan. 
Turonda tanaga yopishib turishga qulay o‘tkaz-
ma yengli kiyimlar paydo bo‘lgan. Kaftan va yopin
-
chiqlarning bezagida kushonlar tunikasimon ko‘y
-
lagi bezaklarining ta’siri sezilardi. Yopinchoqlarda 
rang-barang matodan qilingan hoshiyali qiyiqlar 
bo‘lgan.
Erkaklar va ayollar kastumida taqinchoqlar mu
-
him rol o‘ynagan. Ular shaxsning ijtimoiy holatini 
ko‘rsatardi. Ayol va erkaklar zirak, qo‘l va oyoq bila
-
guzuklari, marjonlar, kamarlar taqishgan. Toxaristonda 
faqat erkak va ayol xizmatchilar belbog‘ taqi shardi, asl-
zoda ayollar esa belini bog‘lashmagan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin