O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. Quyidagi jadval asosida 4 jamoaga bo‘linib Turon xalqlari madaniy hayotining o‘ziga
xosliklarini belgilang.
Ta’lim tizimi
Diniy e’tiqodlari
Hunarmandchilik
Kiyinish
madaniyati
2. O‘z davrida Turon xalqlari madaniyati jahon madaniyatiga qanday ta’sir ko‘rsatgan?
61
Varaxsha, devoriy surat.
1 8 - 1 9 - m av z u l a r :
VII–VIII ASR BOSHLARIDA
TURONDA SIYOSIY VAZIYAT
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
Jahon tarixi fanidan olgan bilimlaringizga tayanib quyidagi
savollarga javob be-
ring:
1. VIII asrda dunyoda qanday muhim o‘zgarishlar bo‘ldi? Bu o‘zgarishlarning bu-
gungi kundagi ahamiyati nimalardan iborat?
2. Sosoniylar davlati arablar tomonidan qachon bosib olindi? Ijtimoiy-siyosiy ja-
rayonlarning tarix sahnasidagi o‘rnini qanday asoslash mumkin?
3. Arab xalifaligi qo‘shinlari tomonidan sosoniylar
Eronining zabt etilishining
Turonga ta’siri qanday bo‘lgan?
Mulohaza uchun
Sosoniylarning o‘zaro ichki nizola
-
ri, eftaliylar, vizantiyaliklar va turkiylar bi
-
lan bo‘lgan tinimsiz to‘qnashuv lari Eron
xalqining tinkasini quritgan edi.
Mahalliy
hukmdorlar ham arablarga qarshi kurashda
markazga yordam berishdan bosh tortgan.
Natijada Sosoniylar saltanati quladi.
O‘z davrining
qudratli davlatlaridan biri
sanalgan Sosoniylar Eroni Arab xalifaligi
qo‘shinlari
tomonidan zabt etilgach, istilo-
chilarga Movarounnahr tomon yo‘l ochil
-
di.
Arab istilochilari katta o‘ljalar ilin
-
jida Amudaryoning narigi tomoni —
Movarounnahr tomon sho shildilar.
Hatto bu harakatga ilohiy tus ham
berildi.
Dostları ilə paylaş: