Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik


Sosoniylar  askarlari 63



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

62
Sosoniylar 
askarlari


63
Arablar istilosi Movarounnahr va 
Xuroson tarixida katta o‘zgarishlar yasa
-
di. Bunga qadar O‘rta Osiyo hududidagi 
mahalliy hokimliklar G‘arbiy Turk xoqon
-
ligi vassali bo‘lsa-da, mustaqil ichki siyo
-
sat yurgizish imtiyoziga ega edi. Kuchli 
markazlashgan hokimiyat yo‘q bo‘lib, 
o‘lka bir necha mulklardan tashkil top
-
gan konfederatsiyaga 
birlashib turardi.
Jumladan, Sug‘d 
va Toxariston mulk
-
larga, Choch va Iloq 
xoqonlik vassalligi
-
dagi yarim mustaqil 
mulklarga, Farg‘ona 
hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Ustru-
shona, Chag‘oniyon, Kabodiyon, Xut
-
talon, Rasht, Darvoz, Badaxshon kabi 
o‘lkalar ham yarim mustaqil mulklar si
-
fatida o‘z hokimlari tomonidan boshqa
-
rilardi. Mulk hukmdorlari ichki mustaqil 
bo‘lgani bois, o‘zlarini ko‘p ham markaz
-
ga tobe, deb hisoblamasdi. Bu arab isti
-
losiga qarshi Movarounnahr xalqlarining 
birlashishiga to‘siq edi. Faqat G‘arbiy va 
Sharqiy Turk xoqonliklarining harbiy us
-
tunligi Turon ahlining arab istilosiga qar
-
shi kurashini uyushtirishi mumkin edi. 
Qolaversa, bu davrda Balx, Xuttalon, 
Chag‘oniyon, Choch, Ustrushona va 
Sug‘d aholisining katta qismini jangovar 
turkiylar tashkil etardi. 
Shundan so‘ng arab qo‘shinlari tur
-
kiy sulola boshqarayotgan Toxariston 
chegaralariga chiqdi. Arablarga qarshi 
fors, turk va sug‘d qo‘shinlari ittifoqi ha
-
rakat qilib, Balxni qaytarib oldilar. 
U yerdagi xazina qo‘lga kiritilgach, 
sosoniy amaldorlar turklar bilan birla-
shish rejasiga qar
-
shi chiqib, turklarni 
«azaliy raqib» ekani 
bahonasida arab
-
lar bilan kelishishni 
afzal bildi. Bu esa 
arablar 
tomoni
-
dan Marvni egallashga
sharoit yaratdi. Xalifalikning Xuroson
-
dagi vakili va Marv ahli o‘rtasida sulh 
imzolandi. Turklarning Balxni tashlab 
chiqishi, istilochilarning Movarounnahr
-
ga yurish imkoniyatini oshirdi.
Mintaqada arablarga jiddiy to‘sqinlik 
qiladigan kuch ham yo‘q edi. Chunki Tan 
imperiyasining G‘arbiy Turk xoqonligiga 
hujumlari g‘arbiy turklarni ikki frontda ku
-
rash olib borishga majbur qilardi. Turon 
mulkliklari va G‘arbiy Turk xoqonligidagi 
siyosiy vaziyatning yomonlashuvi arab
-
larning harbiy yurishlarini tezlashtirdi. 
O‘z davrining qudratli davlatlaridan biri 
sanalgan Sosoniylar Eroni Arab xalifa
-
ligi qo‘shinlari tomonidan zabt etilgach, 
istilochilarga Movarounnahr tomon yo‘l 
ochildi.
Marv Turon (X
uroson) shaharlari 
orasida birinc
hi bo‘lib arab 
istilochilari tomonidan egallangan 
shahar edi.


64
651-yili arablar Marv shahrini, so‘ngra 
hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning 
shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmaniston-
dan to Amudaryogacha bo‘ lgan hududlarni istilo qiladi. 
Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataganlar. Uning 
markazi Marv shahri edi. Bu viloyatni boshqarish 
uchun maxsus noib tayinlanib, uning qarorgohi Marv-
da edi. 
Arablar Xurosonda o‘rnashib olgach, Amudaryo
-
dan shimolda joy lashgan boy viloyatlarni zabt etishga 
tayyorgarlik ko‘radilar. Bu yerlarni arablar Movaroun
-
nahr, ya’ni «daryoning narigi tomoni» deb atadilar. 
Arab qo‘mondonlari Vizantiya va Eron bilan bo‘l
-
gan urushlar tajribasi asosida avval Movarounnahr
-
dagi vaziyatni o‘rgandilar va 654-yildagina Amudaryo 
o‘ng sohiliga bosqinchilik yurishlarini boshladilar. Arab
-
larning yengil va og‘ir yaroqlar bilan qurollangan kuch-
li otliq qo‘shini asosini arab qabilalari vakillari, piyoda 
qo‘shinlar tarkibini esa zabt etilgan xalqlar vakillari 
tash kil etgan.
Movarounnahrga ilk bor hujum lar 654-yil
-
da Maymurg‘ va 667-yilda Chag‘oniyondan 
bosh lanadi. 673-yilning kuzida arab 
qo‘shinlari Amu daryodan kechib 
o‘tib, Buxoro hududiga bostirib 
kiradi. Poy kand va Romitan
-
ni egallab, Marvga qaytadilar. 
Yo‘l-yo‘lakay Termiz shahri 
ham egallanadi. 
VIII asr boshlarida arablar 
Movaroun nahr hududini to‘liq bosib 
olishga kiri shadilar. 
Xuroson noibi Qutayba ibn Mus
-
lim 705-715-yillar davomida Cha-
g‘oniyon, Poy kand , Buxoro, Nax shab, Kesh, Xorazm, 
Samarqand, Choch va Farg‘onani bosib oladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin