Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy 
faoliyat
73


IX asrga kelib, qog‘oz ish-
lab chiqarish shahar hu-
narmandchiligining eng 
muhim jabhalaridan bi-
riga aylandi. Asta-sekin 
Samarqand qog‘ozi butun 
Sharq va G‘arb bozorlarini 
ham egalladi.
Sharqiy Turk xoqonligi Uyg‘ur xoqon
-
ligi tomonidan tugatilgan. Bu vaziyatda 
Tan imperiyasining Turonga tahdidi kuchaydi. Farg‘ona
ixshidi va Choch maliki o‘rtasidagi ixtilofdan foyda
-
langan Xitoy 751-yilda Turonga yurish boshlaydi. Abu 
Muslim esa ularga qarshi Ziyod ibn Solih boshchiligida 
arab va turonliklardan iborat qo‘shin jo‘natadi. 
Xitoy qo‘shinlari tor-mor etildi. Bu arab xalifaligining 
mintaqadagi mavqeyini oshirdi.
Turonda arab xalifaligi va islom manfaatlari himo
-
yachisiga aylangan Abu Muslimdan xavfsiragan xalifa 
uni saroyga chaqirtirdi va qatl ettirdi. Buning oqibatida 
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq 
harakatlari avj olib ketdi.
Mulohaza uchun
751-yilda Talas yaqinidagi 
jangda asir tushgan xi-
toylik jang 
chilar hunar-
mandchilikdan xabardor 
bo‘lib, o‘z hayotlarini saq-
lab qolish niyatida ma-
halliy hunarmandlarga 
qog‘oz ishlab chiqarish 
sir-sinoat larini o‘rgatishdi.
74
Ma’lumot uchun
VIII asrning I yarmida Tan imperiyasi Buyuk ipak yo‘lini egallash va bu yo‘ldagi davlat-
larni o‘ziga bo‘ysundirish uchun bir necha bor urushlar qilgan. Movarounnahrdagi murak-
kab ichki ahvol, Farg‘ona hokimining Xitoydan yordam so‘rashi bu yurishlarga bahona bo‘lgan. Tan 
davlati 750-yil millati koreys bo‘lgan Gao Syanchji (Gav Shanchji) qo‘mondonligida katta qo‘shin jo‘nat-
gan. Bu qo‘shin farg‘onaliklar bilan ittifoqlikda Chochni vayron qilib, katta o‘ljani qo‘lga kirit-
gan. Choch hokimi qatl qilingach, uning o‘g‘li arablardan yordam so‘ragan. 751-yil iyul 
oyida arablarning Ziyod ibn Solih qo‘mondonligi ostidagi qo‘shini Gao Syanchjining 
xitoylar, farg‘onaliklar, qashqarliklar, kucharliklar hamda qarluqlardan iborat yirik 
qo‘shini bilan Talas daryosi bo‘yida to‘qnashgan. Talas jangi 5 kun davom etgan. 
To‘qnashuv jarayonida Tan armiyasi tarkibidagi qarluqlar arablarga qarshi ku-
rashdan bosh tortgan va xitoyliklar qo‘shinining ort qismiga zarba berganlar. 
Xitoy qo‘shini butunlay yakson qilingan. Gao Syanchji yordamchilari Li Siye va 
Duan Shoushilar bilan birga zo‘rg‘a qochib qutilgan. Asirga tushgan Xitoy jang-
chilari orasidan tanlab olingan hunarmandlar Samarqandga keltirilgan. Ular 
Samarqandda qog‘oz ishlab chiqarish sanoatining yanada rivojlanishiga muno-
sib hissa qo‘shgan. Xitoylik hunarmandlar hatto Mesopotamiya shaharlariga ham 
keltirilgan. Talas jangi Markaziy Osiyo xalqlari tarixida o‘ta muhim rol o‘ynaydi. U Tan 
imperiyasining O‘rta Osiyo hududini egallash yo‘lidagi tajovuzkorona siyosatiga uzil-kesil 
chek qo‘ygan. 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin