79
O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
VIII asrda Movarounnahr va Xuroson hududida-
gi voqealarni Jahon tarixi
fanidagi voqealar bilan
bog‘lang:
1. Bu davrda Yevropa davlatlarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli
qanday edi?
2. VIII asrda Movarounnahr va Xurosondagi o‘zgarishlar tub
yerli aholining aynan qaysi sohasiga katta ta’sir ko‘rsat-
gan deb o‘ylaysiz? Fikringizni dalillar bilan asoslashga ha-
rakat qiling.
3. Arab bosqinchiligi yana qanday sohalarga o‘z ta’sirini ko‘r-
satgan edi? Bugungi kunimiz bilan bog‘lagan
holda tu-
shuntirishga harakat qiling.
4. To‘plagan ma’lumotlaringiz asosida taqdimot tay yorlang.
2 2 - 2 3 - m av z u l a r :
QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR,
TOHIRIYLAR
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Movarounnahr va Xurosonda uzluksiz davom etgan o‘zaro ichki ziddiyatlar
Arab xalifaligi boshqaruviga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
2. VI–X asrlarda Buyuk ipak yo‘li qaysi hududlardan o‘tgan edi?
Qarluqlar
yurtida po
ytaxtdan
tash qari Jo‘l, Navkat, Karman-
kat, Yor kabi shaharlar v
a
qator qishloqlar qad
ko‘targan.
Mulohaza uchun
Movarounnahr
va Xuroson aholisi
-
ning tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi,
uzluksiz davom etgan o‘zaro urush va
ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtir
-
di. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib
keldi.
80
Mulohaza uchun
81
Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra
Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan
qarluqlar
tur kiy qabilalardan hisoblangan.
VI–VII asrlarda ular Turk xo qon ligi tarkibiga kirgan.
VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lka sida Qar luqlar davla
-
ti tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan
shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar
davlati hukmdori «yabg‘u» yoki «jabg‘u» deb yuritilgan.
X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina
qismi mu sul mon bo‘lgan.
Qarluqlar davlati shimol va
sharqdan Elsuvi daryosi vodiy sigacha, chigil qabilasi
yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yur ti va Farg‘o
-
na vodiysi; janubda esa yag‘molar
vohasi va
Shar qiy Turkiston bilan chegaralangan.
Aholi chorvachilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa
dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sharqiy Tur
-
kiston va Mova rounnahr bilan savdo-sotiq olib
borgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar:
gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X
asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hu
-
dudlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona
hamda Zarafshon vo diy lariga kelib o‘rnashgan.
Keyinchalik o‘troq tarzda
yashay digan mahalliy
aholiga singib ketgan.
Jahon tarixidan olgan bilimlaringiz asosida sal juqiy lar yashagan hudud va ular
boshqargan davlat qaysi davlatlar bilan chegaradoshligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: