78
Muqanna Marv atrofi aholisidan, Koza deb atalgan qishloqdan bo‘lib, nomi
Hoshim ibn Hakim edi. U ilgari kudungarlik (matolarni bo‘yash) qilar edi, keyin esa
ilm o‘rganish ga mashg‘ul bo‘ldi va har xil ilmlarni: ko‘zbo‘yamachilik, sehr va tilsim ilmlarini o‘rgandi.
Ko‘zbo‘yamachilikni yaxshi bilib oldi. Muqanna ko‘zbo‘yamachilikni o‘rgangan va g‘oyatda ziyrak bo‘lib
qadimgi (olimlar) ilmlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qigan va jodugarlikda ustoz bo‘lgan edi. Uning otasi-
ning nomi Hakim bo‘lib, u Abu Ja’far Davonaqiy davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan biri edi.
U Balxdan chiqqan edi.
Hoshim ibn Hakimni Muqanna deyishlariga sabab shu ediki, u juda xunuk, boshi kal va bir ko‘zi
ko‘r bo‘lganidan hamisha boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurar edi. Muqanna Abbosiylar da’vatchisi
Abu Muslim zamonida Xuroson lashkarboshilaridan biri bo‘lib, vazir bo‘ldi va payg‘ambarlik da’vosini
qildi va bir qancha vaqt shu da’voda turdi. Abu Ja’far Davonaqiy odam yuborib, uni Marvdan Bag‘dodga
oldirib keldi va bir necha yil davomida zindonda tutdi. Shundan keyin u zindondan qutulib, yana Marv-
ga qaytib keldi va odamlarni yig‘ib: «Mening kim ekanimni bilasizmi?» — deb so‘radi. Odamlar: «Sen
Hoshim ibn Hakimsan», — dedilar. U: «Yanglishdingiz, men sizning va butun olamning xudosiman»... va
yana: «O‘zimni qanday nom bilan atashni istasam atay beraman», — dedi hamda: «Men xalqqa o‘zimni
Odam (Ato) suratida, keyin Nuh suratida, keyin Ibrohim suratida, keyin Muso suratida, so‘ng Iso sura-
tida, keyin Muhammad mustafo (s.a.v.) suratida, keyin Abu Muslim suratida ko‘rsatgan zotman, endi
esa mana o‘zingiz ko‘rib turgan suratdaman», — dedi. Odamlar: «Boshqalar payg‘ambarlik da’vosini
qilgan edilar, sen esa xudolik da’vosini qilayapsan», — dedilar. Muqanna: «Ular nafsoniy edilar, men
esa ruhoniyman va ularning (badanlari) ichida edim, menda shunday qudrat borki, o‘zimni qanday
suratda ko‘rsatishni istasam, shunday suratda ko‘rsata beraman», — dedi.
Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobidan
1. Manbani oq’ing. Muqannaning harakatlariga
baho bering.
2. Muqanna o‘z maqsadiga yetish uchun nima-
lardan foydalandi?
3. Nima uchun Arab xalifaligi davri tarixchilari
Muqanna shaxsiga salbiy baho berganlar?
Dostları ilə paylaş: