Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Qarluq zodagonlari
G‘arbiy Turk xoqonligi-
ning tanazzulidan k
eyin 
tashkil topgan yirik etnik 
uyushmalardan biri o‘g‘uz
(arab-fors manbalarida 
guz) etnosi bo‘lgan.


Turk xoqonligi hukmronligi davrida 
o‘g‘uzlar uning tarkibida bo‘lgan. Turk 
xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uz larning kat-
tagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi 
bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va 
X asr boshida 
O‘g‘uzlar davlatiga
asos soladilar.
Sirdaryo quyi oqimi bo‘yidagi Yangikent shahri 
O‘g‘uzlar davlatining poytaxti bo‘lgan. X asrdan bosh
-
lab o‘g‘uzlar islom dinini qabul qiladilar.
X asrning birinchi choragida O‘g‘uzlar davlati shimo
-
li sharq dan qo‘zg‘algan qipchoqlar tomonidan berilgan 
qaqshatqich zar ba natijasida, bo‘linib ketadilar. Ular 
o‘z yurtini tark etib, bir qismi Shimoliy Kavkaz dasht-
lariga borib o‘rna shadi. Ularning ikkinchi qismi esa 
avval Movarounnahrga kirib boradi va yangi sulola – 
82
Mulohaza uchun
O‘g‘uzlar
– Turon 
hududida yashagan 
turkiy qabila.


83
Qadimgi o‘g‘uzlar
O‘g‘uz otlig‘i
Tohiriylar 
– Xurosondagi 
Tohiriylar davlatida hukm-
ronlik qilgan sulola (821–
873). Rasman abbosiy lar-
ga qaram hisoblangan. 
Sulolaga 821- yil Tohir ibn 
Husayn asos solgan.
sal juqiy lar
boshchiligida Old Osiyo mamla
-
katlarini istilo qilish ga kirishadi.
Bu ikki turkiy davlat faqat Movaroun
-
nahrninggina emas, balki butun O‘rta 
Sharq hamda Old Osiyo aholisining siyo
-
siy hayotiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Bu 
davlatlarning aholisi shu hududda yashov-
chi xalqlarning etnik tarixiga ta’sir qildi. 
Masalan, qarluqlar o‘zbek va tojiklarning, 
o‘g‘uzlar turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq-
larning etnogenezida muhim rol o‘ynadi.
Mulohaza uchun
VIII asr oxiri – IX asr boshida xali-
fa 
likni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy 
vaziyat abbosiylarni Mova rounnahr va Xurosonda olib 
borilayotgan siyosatni o‘zgar tirishga majbur etdi.
Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni 
nafaqat o‘z tasarruflariga o‘tkazib oldilar, balki xalifa-
lik markazida ham hokimiyatni boshqarishda tobora 
ko‘proq rol o‘ynay boshladilar.
Bunga, ayniqsa, xalifa Horun ar-Rashid (786–809) 
vafotidan so‘ng uning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin 
o‘rtasida 809–813-yillarda taxt uchun bo‘lgan kurash 
ham katta yo‘l ochib ber di.
Xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni 
xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan 
Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Hirot 
viloyatining zoda gonlaridan Tohir ibn Husayn boshliq 
Xuroson va Mova rounnahr mulkdorlari unga yordam 
beradilar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin