86
IX asrda
Movarounnahrning siyo siy
hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi.
Yurtga avval Nuh, so‘ngra Ahmad bosh-
chilik qiladi. Har biri hukmronligi davrida o‘z nomlaridan
misdan chaqalar zarb etadi. Ahmad vafotidan keyin
uning o‘g‘li Nasr Samarqandni markazga aylan tiradi. U
Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va
uni Xurosondan aj ra tib olish choralarini ko‘radi.
IX asrning oxirgi choragida Mo varounnahrning de
-
yarli barcha vi lo yatlari somoniylar tasarrufiga o‘ta di va
Nasr butun Mo va rounnahr ning hukmdoriga aylanadi.
Uning nomi bilan ku mush dirham zarb etiladi.
Ismoil
Somoniy
maqbarasi.
Buxoro. X asr.
2 4 - 2 5 - m av z u l a r :
SOMONIYLAR
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Jahon tarixi fanidan
olgan bilimingizga tayanib, IX asr boshlarida Arab
xalifaligining zaiflashib qolishiga qanday omillar sabab bo‘lganligini ayting?
2. Nima sababdan Somonxudotning na bi ralari hududlarga
noib qilib tayinlangan
edi? Bu hududlarni xaritadan ko‘rsating.
Mulohaza uchun
Somoniylarning kelib chiqishi
Manbalarda Somonxudotlarning
kelib chiqishi haqida turli
ma'lumotlar keltirilgan. Ko‘pchilik manbalarda aytilishicha,
ularning
shajarasi sosoniy shohanshohi Xurmazd IV (579-590)ning harbiy
qo‘mondoni Bahrom Chubinga (VI asr) borib taqaladi.
Bahrom Chu-
bin avval Armaniston va Ozarbayjon, keyin
esa Ray va Xuroson noibi
etib tayinlangan. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, Bahrom Chubin kelib
chiqishi bo‘yicha sosoniylar xizmatidagi o‘g‘uz turklaridan bo‘lgan.
Uning
avlodlari Balxda yashab, shu yerdan Xuroson va Movaroun-
nahrning turli hududlariga noib etib yuborilgan.