Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

SUG‘DIYONA
XORAZM
TOXARISTON
GARCHISTON
QUHISTON
TABARISTON
QUM
GURGON
XUROSON
BADAXSHON
ZABULISTON
G‘UR
ILOQ
FARG‘ONA
USTRUSHONA
Somoniylar mam lakatni boshqarish
-
da dastavval ixcham boshqaruv ma’muri
-
yatini tashkil etdilar. U amir dargohi va 
devonlar (vazirliklar)dan iborat edi.
Dargohda amir qarorgohi hamda saroy a’yon lari, 
nav kar va xizmatkorlarining turar joy lari bo‘lgan. Nar-
shaxiyning yo zi shicha, Somoniylar davlati asosan o‘n
-
ta devon or qa li ido ra etilib, ular orasida vazir devoni 
bosh boshqaruv mah kamasi hisoblanardi. Nasr ibn Ah
-
mad (Nasr II) davrida Buxoro ning Registon maydoni
-
da amir qasri qarshisida devonlar uchun saroy quri lib, 
mahkama mana shu maxsus bino ga joylashgan edi. 
Mahkama xiz matchilari Qur’on ilmlari va shariatning 
asosiy qoidalarini yaxshi bila digan, arab, fors, turk til
-
larini pux ta egallagan, turli fanlardan xabardor bo‘l gan 
savodli aslzodalardan tanlab olin gan.
Mulohaza uchun
Somoniylar davrida Nasr 
ibn Ahmad ibn Ismoil Somoniy 
Registonga bir saroy (qurish-
ni) buyurdi. G‘oyatda go‘zal bir 
saroy qurdilar. (Amir) bunga 
ko‘p mol sarfladi. U o‘z saroyi 
darvozasi oldida amaldorlari 
uchun saroy qurishga buyurdi, 
uni ham qurdilar, shundayki, har 
bir amaldorning podshoh saro-
yi darvozasi oldida qurilgan o‘z 
saroyida alohida devoni bor edi; 
masalan: vazir devoni, moliya 
(kirim-chiqim) ishlari devoni, 
davlat hujjatlarini boshqarish 
ishlari devoni, soqchilar boshlig‘i 
devoni, xat-xabarlar mutasaddi-
si devoni, saroy ish boshqaruv-
chisi devoni, davlat xos mulklari 
devoni, muhtasib devoni, vaqf-
lar devoni, qozilik ishlari devoni. 
(Amir) mana shu tartibda de-
vonlar qurishga buyurdi va ular-
ni qurdilar.
Abu Bakr Narshaxiy 
«Buxoro tarixi»
Somoniylar davlati xaritasi



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin