Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

87
Mulohaza uchun
Geografiya fanidan olgan bilimingizga tayanib, 
Farg‘ona, Isfijob (Sayram), Choch, Samarqand, Buxoro, Xorazm, 
Chag‘oniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna shaharlari 
joylashgan hududlar xaritasini chizing. Bu hududlarning maydoni-
ni hisoblang. Zamonaviy xarita bilan taqqoslang. Ismoil Somoniy 
tomonidan qaysi hududlar mamlakat tarkibiga kiritildi?
Ko‘p o‘tmay aka-uka Nasr va Ismoil o‘rtasida toj-taxt uchun ku rash 
boshlanadi. 888-yilgi jangda Ismoil g‘olib chi qadi. Lekin u akasi va
-
fotiga qadar o‘z mulkida, keyin esa butun Movarounnahrda hukmron 
bo‘lib oladi.
Ismoil Somoniy Mova rounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intil
-
di. Shimoliy-sharqiy hududlarga yurish qildi. Tez orada Taroz shahrini zabt etib
dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi.
Movarounnahr aholisining mus ta qil lik ka erishishi, arab xalifalariga yoqmas edi. 
Shu boisdan xalifalik saffo riylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har 
ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tik lashga harakat qi
-
ladi. 
Xalifa Mu’tazid safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Xuroson bilan birga Mo
-
varounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi. 
Bu bilan uni Ismoilga qarshi gijgijlaydi. Natijada ular o‘rtasida urush boshlana
-
di. Urush Ismoilning g‘a labasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo‘l 
ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga 
majbur bo‘ladi.
Ismoil Somoniy butun Movaro unnahr va Xurosonni o‘z qo‘l 
ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu davlatning poy taxtiga ay
-
landi.
Ijodiy faoliyat


88
Buxoro
Gurganj
Kat
Samarqand
Talos
Isfijob
Axsikat
Kesh
Holbuk
G‘azna
Zaranj
Bust
Hirot
Marv
Saraxs
Nishopur
Tus
Niso
Gurgon
Damg‘on
Amul
Balx

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin