Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Somoniylar hukmdori jangda. 
San’at asari


90
IX–X asrlarda katta yer 
egalari kadivarlarni ishlatish-
dan ko‘ra, o‘z yerlarini qishloq jamoa-
larining kam yerli a’zolariga ijaraga be
-
rishni afzal ko‘ra dilar. O‘sha zamonda 
ijarachilar «barzikor» yoki «qo‘sh chilar» 
deb atalardi. Davlat soliqlari (xiroj va 
ushr) yer egasidan ham, qo‘shchilardan 
ham alohida-alohida olinar edi.
Somoniylarning har biy yurishlari, 
hukmron sulolaning ichki nizola
-
ri, mahalliy ho kim larning o‘zbo-
shimcha harakatlari borgan sari 
avj olib bordi. Oqibatda mamla
-
katda iqtisodiy tanglik yuzaga keldi. Hatto 
harbiylar, shu jumladan, amirning mun
-
tazam turk sarbozlari qo‘shiniga maosh 
to‘lash uchun mablag‘ topilmaydi. Bunday 
og‘ir ahvoldan chiqish uchun aholidan ikki 
marta soliq undirib olinadi. Behad tartib
-
sizlik mamlakatdagi vaziyatni yanada kes
-
kinlashtirib, aholi turli tabaqalarining ho
-
kimiyatga qarshi qo‘zg‘alishiga sabab 
bo‘ladi.
Mulohaza uchun
Ismoil Farg‘onada 849-yilda tug‘ilgan. 14 yoshida otasi Ahmad vafot etib, akasi Nasr 
qo‘lida qoladi. Manba tili bilan aytganda «aqlli, adolatli, fikr va tadbir egasi» bo‘lmish Ismoil,
892-yili butun Movarounnahr hukmini o‘z qo‘liga olishga erishib, «haqiqatan ham podshohlik-
ka loyiq va haqli» ekanini isbotlaydi...
Ismoil davlatchiligimiz tarixidagi tajriba va an’analarni uddaburonlik bilan davom ettira 
bilgan davlat arbobi hisoblanadi. U, eng avvalo, mamlakatimiz siyosiy birligini ta’minlash ishi-
ga bel bog‘lab, Farg‘ona, Isfijob, Shosh, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Chag‘oniyon, Xuttalon, 
Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlarni o‘z hukmi ostida birlashtirdi... 
Ismoil markazlashgan davlatchilik asoslarini qaytadan tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Azamat Ziyo,
«O‘zbek davlatchiligi tarixi»
Nasr Ahmad 
tangasi
Somoniylar 
otlig‘i


Somoniylar davriga oid idish
Somoniylarning harbiy qismlarida, 
ma’muriy lavozimlarida turklar xizmat qil
-
ganlar. Turkiy qullar boshqa mamlakatlarga savdoga 
chiqarilgan. Qul qochib ketsa, uni hech kim qidirma
-
gan.
Somoniylar xizmatida ham turkiy qullar oz bo‘lma
-
gan. Bularning ichidan viloyat hokimlari, harbiylar, hat
-
to davlat boshliqlari yetishib chiqqan: Samjuriy, Alpte
-
gin, Tosh, Foyiq va boshqalar shular jumlasidan. 
Alptegin somoniylarning sobiq quli, keyinchalik yi
-
rik harbiy sarkarda, Xuroson viloyatining hokimi va yirik 
yer egasi bo‘lgan. U boyib, Xuroson va Movarounnahr-
da joylashgan qishloqlarni sotib olgan, har bir shahar
-
da qasri, hovli-joylari, karvonsaroylari mavjud bo‘lgan. 
Alpteginning Nishopur bozoridan sotib olgan Sabuk 
(keyinchalik Sabuktegin) ismli yana bir quli o‘z iste’dodi 
bilan yirik harbiy sarkarda darajasiga ko‘tarilgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin