Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Somoniylar davriga oid siyohdon
Farsax yoki farsang – 
taxminan 6 kmga teng 
masofa o‘lchov birligi. 
Amalda farsax uzunligi 
turli hududlarda farq-
langan. Markaziy Osi-
yoda bu masofa odatda 
qadamlar bilan o‘lchan-
gan va 12 000 qadamga 
teng bo‘lgan.


95
«Chek» so‘zi forscha atama bo‘lib
, o‘sha vaqtda 
ham bu so‘z ayni ma’noda ishlatilgan. 
95
Mulohaza uchun
Ma’lumot uchun
Tashqi savdo muomalasida sar roflik 
cheklaridan keng foy da lanilgan. Savdo-
garlar o‘zi bilan ko‘p miq dor da pul olib yurmas edilar. 
O‘z pullarini ular shahardagi sarrofl ar dan biriga topshi
-
rib, undan tegishli hujjat – chek olardilar. Mo‘l jallangan 
shaharga borishlari bilan shu chekni sarrofga berib
unda ko‘rsatilgan miqdordagi pulni to‘laligicha qaytarib 
olish mumkin edi. 
Ichki bozorlarda «fals» deb atalgan mis chaqa, 
xalqaro savdo-sotiqda esa kumush tanga – dirham
-
lar ishlatilardi. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, 
shuningdek, sulola a’zolaridan bo‘lgan ba’zi vilo
-
yat hokimlari ham chiqarar edi lar. Kumush tan
-
galar faqat hukumat boshlig‘i nomidan Marv, 
Samar qand, Buxoro va Shoshdagi davlat zarb-
xonalarida so‘qi lar edi. So mo niylar «ismoiliy», 
«muham ma diy» nomlari bilan yuri tilgan bir ne
-
cha xil kumush dir hamlar chi qar gan edilar. Ular 
orasida «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof ku
-
mushdan zarb etilib, ular asosan xalqaro savdo 
aloqalarida ishlatilgan.
Savdo garlar o‘z pullarini shahardagi sarrof-
lar dan, ya’ni pul almashtiruvchilardan biriga 
topshirib, undan tegishli hujjat – chek olardilar. Ushbu ha-
rakat sizga bugungi kundagi qaysi tizimni eslatdi?
Ijodiy faoliyat
Somoniylar 
davriga oid 
idish


Pishiq g‘isht ma’muriy va jamoa bino
-
lari qurilishida asosiy material bo‘lib qol
-
di. Turar joy binolari qurilishida esa sinch
-
li konstruksiya keng tarqaldi. Pardoz ishlarida somonli 
loy suvoq qatorida ganchning har xil turlari ishlatilgan. 
Keyinroq sirlanmagan koshin va sopol plitkalar, sirlan
-
gan koshin va naqshlar o‘yilgan sirlangan yaxlit pishi
-
rilgan sopol taxtachalar — parchin (mayolika) ishlatish 
usuli kashf etildi. 
Eng qadimiy obidalardan Qadimiy Xorazmdagi Qa
-
vat qal’a, Samarqand (Afrosiyob)dagi somoniylar qas
-
rining bir qismi va Termiz yaqinidagi Qirqqiz qal’asini 
qayd etish mumkin. Bularning har uchalasi ham xom 
g‘isht va paxsadan bunyod etilgan. Afrosiyobdagi so
-
moniylar qasrining bir qismi hisoblanuvchi binoning old 
tomoni yogoch ustunli, peshayvonli bo‘lib, o‘rtada tomi 
gumbaz bilan yopilgan katta xona va uning ikki yoni
-
da yana qo‘shimcha xonalari bo‘lgan. Asosiy zal ohak
-
toshli ganchning ichiga tolasimon o‘simliklar qo‘shilgan 
materialdan juda nafis o‘ymakorlik usulida hashamdor 
qilib ishlangan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin