Arab istilochilari Movarounnahrni osonlikcha egallay olmaganlar.
Istilochilar deyarli yuz yil davomida uni juda katta kuch, mablag‘ va ta
-
lafotlar evaziga qo‘lga kiritdilar. Aslida arab istilochilarining Movarounnahrdagi g‘a
-
labasi xalifalik qudrati natijasi emas, balki Turon aholisining o‘z vaqtida dushmanga
qarshi birlasha olmaganligi, mayda mulklarning o‘zini oqlamagan «mustaqil siyosa
-
ti» va ularni birlashtiruvchi kuchlarning o‘z muammolari bilan band bo‘lib qolganligi
-
da edi.
Arablar istilosi davrida butun Turon mintaqasidagi siyosiy ahvol murakkab edi.
Mintaqaning yetakchi kuchlari — Sharqiy va G‘arbiy Turk xoqonliklarining ijtimo
-
iy-siyosiy ahvoli VI asr oxiri–VII boshlaridagidek barqaror emasdi. Bu, avvalo, tur
-
kiy davlatlar (Sharqiy Turk xoqonligi, G‘arbiy Turk xoqonligi va Turkash xoqon
-
ligi) o‘rtasida birlikning yo‘qligi hamda ularning Turon aholisiga dush manga
qarshilik ko‘rsatishida yordam berishlarida umumiy safarbar
-
lik tashkil etmaganligi bilan izohlanadi.
Qudratli turk xoqonliklari
tanazzuli nafaqat arab
istilochilari uchun qo‘l keldi, balki azaliy raqib bo‘lgan
Tan imperiyasi uchun ham ayni muddao bo‘ldi. Chunki
Xitoy imperiyalari doimiy tahdid soluv chi
turkiy davlatlarni yo‘q qilish, hech
bo‘lmaganda,
ularning
mintaqadagi ahami
-
yatini tushirish uchun qulay
fursat kutayotgan edi.
Xitoy
hurujlari bilan band bo‘lib
qolgan Sharqiy va G‘ar
-
biy turklar arab istilosiga
qarshi kurashda o‘z itti
-
foqchilariga
yetarli yordam
berolmadilar.
Arablar
qiyinchilik bilan min
-
taqadagi
ozodlik harakatlarini sin
-
dirdi,
mahalliy hukmdor va
asl zodalarni o‘z
tarafiga
og‘dirib oldi va shu yo‘l
bilan
Turonni egallab,
o‘lka
aholisini islomlash
-
tirishga erishdi.
Dostları ilə paylaş: