Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Mulohaza uchun
Arab askarlari: 
1 – piyoda; 2 – otliq;
3 – tuyakash
2
3
1


65
1. Berilgan xaritadan foydalanib, arablar bosib olgan hududlarning nomini va 
yillarini daftaringizga yozing.
Hudud nomi
Bosib olingan yili
Chegarasi
Ijtimoiy tuzumi
2. Xaritadan qizil bilan belgilangan joylardagi shaharlarning nomini toping, ularni zamonaviy 
nomi bilan solishtiring.
Ijodiy faoliyat
Muhammad ibn Ja’farning bayon qilishicha, Ubaydulloh ibn Ziyod xalifa Muoviya I to-
monidan Xurosonga yuborilib, u Jayhun (Amudaryo) daryosidan o‘tib Buxoroga kelgan 
vaqtida Buxoro podshohi, o‘g‘li Tag‘shoda kichik yoshli bo‘lgani tufayli, bir xotin kishi edi. 
Ubaydulloh ibn Ziyod Poykand va Romitanni olib ko‘p kishilarni asir qildi. To‘rt ming buxo-
rolik asirni shaxsan o‘ziga oldi. U Buxoro shahriga yetgach, askarlarini saf qilib, palah-
monlarni shaharga to‘g‘rilab qo‘ydi. 
Xotin turklarga odam yuborib, ulardan yordam so‘radi hamda Ubaydulloh ibn Ziyodga 
ham odam yuborib yetti kun muhlat talab qildi va: «Men sening itoatingdaman», — deb, 
ko‘p hadyalar yubordi. Shu yetti kunda turklardan yordam kelmagach, Ubaydulloh ibn 
Ziyodga qaytadan odam yuborib, yana yetti kun muhlat so‘radi. (Nihoyat) turk lashkari 
yetib keldi va boshqalar ham yig‘ilishib lashkar ko‘paydi; ko‘p urushlar qildilar va yengilib 
qochdilar, musulmonlar ularning orqalaridan borib ko‘plarini o‘ldirdilar. Xotin qal’aga kirdi, 
u (yig‘ilib kelgan) lashkarlar o‘z viloyatlariga qaytdilar. Musulmonlar qurol, kiyim-kechak, 
tilla va kumushdan ishlangan narsalar va asirlardan iborat ko‘p o‘lja qo‘lga kiritdilar.
Ular xotinning bir poy etigini ham paypog‘i bilan topib oldilar. Etik va paypoq tilla 
(ishlatilib tikilgan va) qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi, baho qilganlarida ikki yuz 
ming dirham turdi.
Abu Bakr Narshaxiy «Buxoro tarixi»


66
Ikki jamoaga bo‘lining. 
Birinchi jamoa arablarning Sharqqa, xususan, Movarounnahrga uyushtirgan 
hujumlari davrida mahalliy aholining harbiy qurollarini yozib chiqadi. Ikkinchi jamoa esa arablarning 
harbiy qurollarini aniqlaydi, ulardan nima maqsadlarda foydalanganligini asoslaydi. 
Ikkala jamoa birgalikda mahalliy aholi va arablarning harbiy salohiyatini tahlil qiladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin