«Inal xoqonga arab, tuxor
hujum qildi. O‘shanda ajra-
ladigan choki bor dubulg‘a
kiygan so‘g‘doq
xalqi ham-
masi keldi. O‘sha kuni hu-
jum qildi. Turk xalqi Temir
darvozagacha, Tinsi o‘g‘li
yotadigan toqqa yetdi».
To‘nyuquq bitiktoshining
45-47-qatorlari
Islom dinining Turonga kirib kelishi va
tarqalishi bevosita arab istilolari va arab
-
larning ko‘p asrlik hukmronligi bilan bog‘liq.
Turonga
arab xalifaligi yurishlari VII asrda boshlangan bo‘lsa
ham, o‘lkani uzil-kesil bosib olishga uzoq davrli kurash-
dan so‘ng faqat arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim
erishdi. Mintaqada yangi siyosiy kuchning paydo bo‘li-
shi oqibatida Turon hududi ikki qismga bo‘lindi: 1) Mo
-
varounnahr («Daryoning narigi tomoni») va 2) Arodi at-
turk («Turklar yerlari», ya’ni arablarga bo‘ysunmagan
hukmdorlar yerlari). Mazkur ikki hududda islomlashuv
jarayonlari turli xilda kecha boshladi.
1. Manbalardan foydalangan
holda
Umaviylar davri xrono-
logiyasini tuzib chiqing. Bun-
da aynan qaysi xalifalar O‘rta
Osiyo ijtimoiy-madaniy hayoti-
da o‘ziga xos iz qoldirgan?
2. Arab xalifaligi davrida yig‘il-
gan
soliqlar, yig‘imlar xalqning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini og‘ir-
lashtirganligiga
oid misollar
keltiring.
Dostları ilə paylaş: