«Men xoqon To‘nyuquq Chinda dunyoga keldim. Chunki u paytda
turk millati Chinga tobe
edi... Turk millati parishon bo‘ldi va birlashgan turk yurtida jamoa holidagi xalq qolma-
gandi... Dastlab Shod (Qutlug‘) yonida to‘qnashadi. Men ham ular bilan birga edim. Tangri
menga sezgi berganligi sababli uning xoqon bo‘lishi uchun harakat qildim va o‘zini ham
qistadim. U: «To‘nyuquq men bilan birga bo‘lganda men Eltarish (millatni to‘plagan)
xoqon
bo‘layin», — deydi. Chinliklarning bu toza kuchni yo‘q qilish payiga tushganini bilishim ha-
mon kunduz o‘tirmay, kecha
uxlamay xoqonga arz qildim, dushmanlar birlashmasdan
ustiga yuraylik, dedim. Tangrining yordami bilan yog‘iyni daf etdik.
Xoqon va turk millati
O‘tukanga joylashishi bilan Janub va Shimol, Sharq va G‘arbdagi barcha urug‘lar kelib, biz-
ga qo‘shildi».
To‘nyuquq
bitigi
Mulohaza uchun
Turk xoqonligida madaniyat va san’at ham rivoj topgan. Xoqonlik
-
da o‘ziga xos yozuv ham mavjud bo‘lgan. Turk lar ning turkiy run (ko‘k -
turk) xati biri ikkinchisiga tu ta shib ketadigan 38–40 ta harfdan iborat edi. U tosh va
yog‘och larga o‘yib yozishga nihoyatda qulay bo‘lgan. Qadimgi ko‘kturk (Kultegin
va Bilga xoqon) bitiklari Oltoy va Sharqiy Turkistondan tash qari, Yettisuv, Farg‘ona
va Zarafshon vodiylaridan topilgan qabrtoshlari, sopol va metall buyumlar, yog‘och
hamda tanga pullarda saqlanib qolgan.
58
Surxon vohasida Bolaliktepa va Zarafshon vodiy sida
Panjikent, Varaxsha va Afrosiyob, Far g‘ona
vodiysida
Quva xarobalaridan to pilgan yod gorlik lar – devoriy su-
ratlar, haykallar va ganch kor naqsh lar o‘sha davrning yuk
-
sak san’at namunalaridan hi sob lanadi. Ular insonlarning
ha yoti, diniy e’tiqodi va turmush tarzi, bilimlari va qiziqish
-
lari haqida hikoya qiluvchi man badir.
Haykaltaroshlik
rivojiga, ayniqsa, bud da viylik dini
kuch li ta’sir ko‘rsatgan.