12
12
Bilasizmi?
Mudofaa
jihatidan poytaxt
(Tuproqqal’a) nihoyatda mus-
tahkam qilib qurilgan bo‘lib, shahar devo-
rining o‘rtasida darvozaxona bo‘lgan. Dar-
voza qarshisida shahar markazidan kesib
o‘tkazilgan ko‘chaning har ikki tomonlari
bo‘ylab shaharliklarning tu-
rar joylari joylashgan. Sha-
har
markazidan yuqoriroq-
da ibodatxona majmuasi
joy
lashgan bo‘lib, uning
bur chak qismida esa ba-
landligi 25 metr bo‘lgan
ko‘p minorali xorazm shohlar qasri qad
ko‘targan. Qasr imoratlari —
ikki qavatli
shoh saroyi va ko shona turar joylarining
devor tokchalari turli maz mundagi rang-
dor tasvirlar, bo‘rtma ganchkor naqsh lar
hamda haykallar bilan bezatilgan.
Xorazm
poytaxti hisoblangan sha
-
harning umumiy maydoni 25 gektarni
tashkil etgan. Bu davrda Xorazmda at
-
rofi mustahkam devorlar bilan o‘ralgan
shaharlar, istehkomli qishloqlar juda
ko‘p bo‘lgan.
Zaiflashib borayotgan Qang‘
davlati
tarkibidan dastlab X
orazm
ajralib chiqdi. Uni mahalliy
Afrig‘iylar sulolasiga mansub
xorazmshohlar idora qilishgan.
Xorazm
davlatining po
ytaxti dastlab Qo-
raqalpog‘istonning hozir
gi Ellikqal’a tu-
manida joylash gan qadimgi T
uproqqal’a
shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan.
Milodiy 305-
yilda
xorazmshoh
Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazm ning
qadimgi poytaxti Kat shahriga
ko‘chirdi. Kat qayta tiklanib, uning
yonida
joylashgan Alfir qasri ichi-
da shoh o‘ziga yangi saroy qur-
dirdi. Xuddi shu paytdan boshlab
Xorazmning Afrig‘iy pod
shohlari
oldi
tomoniga shoh, orqa tomo-
niga suvoriy tasvirlari tushirilgan
kumush
tangalar zarb etib, mam-
lakatning ichki va tashqi savdo
munosabatlarida mustaqil bo‘lib
olganlar.
Abu Rayhon Beruniy
Afrig‘iy pod shohi Shovshafar tangasi