Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

13
13
Xorazmda VIII asrgacha zardush-
tiylik dinining ta’siri kuchli bo‘lgan. 
Zardush tiylik ibodatxonalarida ruho
-
niylar – mobadlar (diniy marosimlarni 
bajaruv chilar) diniy marosimlarni av
-
loddan avlodga saqlab qolish mas’uli
-
yatini olganlar.
Bu ham o‘ziga xos ta’lim-tarbiya 
jarayoni edi. Mobadlar tarbiyalanuv-
chilarga zardushtiylikning o‘git-pand-
lari, ma’rifati hamda tarbiyasi hayot-
ning eng muhim tayanchi ekanligini 
uqtirishgan. Ta’lim maskanlarida bo-
lalarga, asosan, o‘qish, yozish va jang 
san’atidan saboq berilgan. Shuning-
dek, ularga faqat rost so‘zlashlari za-
rurligi uqtirilgan. Yolg‘on gapirish katta 
jinoyat hisoblangan.
Afrig‘iylar
– Xorazmda III-X asrlar
da 
hukmronlik qil gan xor
azmshohlar 
sulolasi. Sulola asoschisi – A
frig‘. 
Burgut va lochin
Xorazmning 
hukmronlik ramzlari bo‘lgan.
Ijodiy faoliyat
6-sinfda tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayanib javob bering:
1. Zardushtiylik qachon paydo bo‘lgan? Zardushtiylik bilan bog‘liq qaysi an’analar 
yodingizda qolgan?
2. Fikrni davom ettiring: 
Bolalarga ... fikr, ezgu ..., ... amal tamoyillari o‘rgatilgan.


O‘rganganimizdan xulosa chiqaramiz
1. «IV–VII asrlarda Xorazm» mavzusidagi bilimlaringizni infografika holatiga keltiring. 
2. Nima uchun IV–VII asrlarda Xorazm o‘zi ning siyosiy mustaqilligini saqlab qolishga erishdi?
3. Shu davrda bolalarga berilgan ta’lim va tarbiyaning bugungi kundagi fanlarga o‘xshash va farqli 
tomonlarini aniqlang.
4. Qadimgi dunyo xalqlari afsonalaridagi Xubbi obrazi singari suv bilan bog‘liq afsonaviy qahramon-
larni bilasizmi? Ularning davlati va nomini jadval ko‘rinishiga keltiring.
5. Nima uchun poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda mustahkam qilib qurilishiga zarurat yuzaga 
kelgan?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin