Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
24
Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. VI asrgacha hududimizda qanday xalqlar va davlatlar mavjud edi?
2. Turk xoqonligi haqida nimalarni bilasiz? 
3. «Turk» so‘zining mazmunini bilasizmi?
Bumin xoqon
Turk, turkiylar
— eng 
qadimiy va yirik etnoslar
dan 
birining nomi. 
Turk
so‘zi 
baquvvat, barkamol, odillik 
kabi ma’nolarni anglatadi.


Mulohaza uchun
G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
Poytaxti O‘tukan vodiysi
SHARQIY TURK XOQONLIGI
Poytaxti Yettisuv
Turk xoqonligi xaritasi
Katta-katta qabilalar yoki qabilalar it
-
tifoqi markaziy hokimiyatga bo‘ysunmas
-
likka intilgan. Turk xoqonligi tasarrufida bo‘lgan hu
-
dudlardagi hokimlar mustaqil bo‘lishni istar edilar. Bu 
omillar xoqonlikning mustahkam mar kazlashgan dav
-
latga aylanishiga imkon bermagan.
Bo‘ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali 
bosh qaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtirgan. Bu
-
ning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqo
-
bat xoqonlik ahvolini yanada og‘irlashtirgan. Oqibatda, 
Turk xoqonligi VI asrning 80- yillari oxirlarida ikkiga: 
Sharqiy turk xoqonligi va G‘arbiy turk xoqonligiga bo‘li
-
nib ketadi.
Xoqonlik o‘z davlat mafkurasiga ko‘ra, «el» deb ata-
lib, qadimgi tarixda u bilan bog‘liq «mangu el», «Tangri 
(ilohiy) el», «turk eli» kabi iboralar shakllangan. El va 
xoqon hokimiyatining Tangri tomonidan Ashina xona-
doniga «Turk budun (xalqi)»ga in’om qilinganiga isho-
nilgan. Qadimgi turk jamiyati xoqon Bumin mansub 
bo‘lgan Ashina xonadoni vakillariga hukmdor sifatida 
qaraganlar. Chunki turkiylar orasida bunday siyosiy iq
-
tidor (ne’mat) Tangri tomonidan faqat Ashina xonado-
niga in’om etilgan, degan tasavvur hukmron edi. Shu 
bois, Ashina xonadoni hokimiyati ilohiylashtirilgan. 
Agar Tangri bergan siyosiy hokimiyat ishonchni oqla-
masa, ya’ni o‘z iqtidorini ko‘rsata olmasa, unday hukm-
dor hokimiyatdan uzoqlashtirilib, «Tangri bergan siyo-
siy hokimiyat yana Tangri tomonidan qaytarib olinadi», 
deb tushunilgan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin