187
Ushbu matnni o‘qing. Matndagi «Dunyo taraq-
qiyotini insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy
negizda rivojlan tirishga ulkan ta’sir o‘tkazadi», degan jumlani
qanday tushundingiz?
«Bu allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo taraq qiyotini
insonparvarlik ruhida, ya’ni ma’naviy negizda rivojlan tirishga
ulkan ta’sir o‘tkazadi, deb aytishga asoslar bor».
Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish ish
-
lari XIII asrga kelib jadal tus oldi. Natijada
maxsus ilmiy yo‘nalish – sino shunoslik
vujudga keldi. «Tib qonunlari» lotincha tarjimasi to‘liq
holda 40 marta nashr qilindi.
XVIII asrda yashagan mashhur shved botanigi Karl
Linney doimo yashil bo‘lib turuvchi bir tropik daraxt
-
ni Ibn Sino sharafiga Avitsenniya deb atadi. Buxoro
shahri va Afshona qishlo g‘ida allomaga haykal o‘rna
-
tildi, Belgiyaning Kortreyk shahrida ham Ibn Sinoga
haykal qo‘yilgan (2000). Afshonada buyuk alloma
-
ning muzeyi ochildi. O‘zbekistonda Ibn Sino xalqaro
jamg‘armasi tuzildi (1999), shuningdek, «Ibn Sino»
va «Sino» nomli xalqaro jurnallar nashr qilinmoqda.
Ibn Sino tibbiyot tarixida birinchi bo‘lib vabo bi
-
lan ofatni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og‘ri
-
gan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saq
-
lashni ta’kidlagan. Bemorlarni davolashda olim
3 narsaga: ovqatlanish tartibi (parhez), dorilar bi
-
lan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo‘llash (qon
olish, zuluk yoki banka qo‘yish va boshqalar)ga
ahamiyat berish kerakligini aytadi. U kasallikni
davolashda shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy
mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtiradi.
Ijodiy faoliyat
Mulohaza uchun
Abu Ali ibn Sino 10 yo-
shida Qur’oni Karimni
to‘liq yod olgan. 13 yoshi-
dan boshlang‘ich matematika, man-
tiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ul-
lana boshlagan. U 16—17 yoshidayoq
mashhur tabib — hakim bo‘lib tanildi.
Dostları ilə paylaş: