3
1 - m av z u :
AJDODLARIMIZNING MA’NAVIY
QADRIYATLARI – JAHON
SIVILIZATSIYASI ASOSLARIDAN BIRI
Tariximizni o‘rganar ekanmiz, qalbimizni faxr va iftixor tuyg‘usi chulg‘ab olaveradi.
Ajdodlarimizning boy ilmiy va madaniy merosi bugungi
kunda nafaqat mamlakatimiz,
balki dunyo olimlarining ham diqqat-e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.
Qadimgi Turon hududlarida azaldan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq, qoraqalpoq va turk
-
manlarning ajdodlari yashab kelishgan. Shu boisdan, o‘zbek xalqining o‘tmishi etnik ji
-
hatdan yaqin bo‘lgan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘lanib, uyg‘unla-
shib ketgan.
Siz ushbu darslikda IV asrdan XIII asr boshlarigacha bo‘lgan Vatanimizning o‘rta asr
-
lar tarixi bilan tanishasiz. Bunda «o‘zbiy» va «o‘zbek» atamalari bilan ulug‘langan o‘zbek
xalqi shakllanganligi haqidagi ma’lumotlar ham o‘rin olgan. Darslikdan d unyo tamadduni
-
ga o‘zining benazir hissasini qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, vatanparvarlik namunasi bo‘l
-
gan bahodirlar
jasoratlari bilan bir qatorda, xalqimizning
boy madaniy merosi haqidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
«O‘rta asrlar» tushunchasi tarix faniga italyan tarixchilari tomonidan olib kirilgan.
Bu tushuncha xususiy mulkchilik shakli o‘zgarishi davrlari bilan bevosita bog‘liq. Sharq
mamlakatlarida yer-mulk munosabatlari azaldan jamoaviy asoslarda rivojlanib kelgan.
Shu sababli «o‘rta asrlar» tushunchasi tariximizda shartli ravishda ishlatib kelinadi.