Mulohaza uchun
Ijodiy faoliyat
1. Tabiiy shart-sharoitlarni inobatga olib,
bu hududda qanday
kasblar rivojlangan? Fikringizni asoslang.
2. Xorazm tarixida qanday shaharlar bor edi?
Bu davrda xorazmliklar Xuroson va Eron bilan
madaniy-savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yishgan. Xo
-
razm diyorida sug‘orma dehqonchilik, hunarmand chilik, chorva
-
chilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san’at, xususan, hay kal taroshlik
yuqori darajada rivoj topgan. Aholi chorvachilik
va baliq ovlash
bilan shug‘ullangan. Ularning xo‘jalik turmushida, asosan, baliq,
qovun, qovoq, yovvoyi jiyda va tut alohida o‘rin tutgan.
Xorazm hunarmandlari tomonidan juda chiroyli qilib yasalgan
sopol idishlar saroylarni bezab turgan.
Ijodiy faoliyat
1. Sizningcha, berilgan rasmlarda
tasvirlangan qaysi soha
Xorazmda davlatchilik taraqqiyotini tezlashtirgan?
2. Xorazm haqidagi bilimlaringizga tayanib, mazkur hududda yashagan
insonlar qanday nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lganligini
ayting va
javobingizni izohlang.
3. Buyuk ipak yo‘li orqali Xorazm qo‘shni davlatlarga qanday mahsulot-
larni yetkazib bergan? Fikr bildirishdan avval sug‘orma dehqonchilik,
hunarmand chilik,
chorvachilik, savdo-sotiq va hay kal taroshlik sohalari-
ning rivoji natijasida qanday qo‘shim cha sohalarga ehtiyoj sezilishini o‘y-
lab ko‘ring.
Dostları ilə paylaş: