22
Ijodiy faoliyat
IV–V asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ha
-
yotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yi
-
rik markazlardan (ehtimol, poytaxt shaharlardan) biri
Buxoro edi. To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi ushbu sha
-
harning asosi 21 gektar bo‘lib, bu yerda mustahkam hi
-
moya inshootlari,
hukmdor saroyi, mafkuraviy
inshootlar, turar joylar qad rostlagan.
Buxoro
IV asrdan boshlab Turonning
yirik madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri
bo‘lgan. Shuningdek, bu davrda shaharning
yettita darvozasi bo‘lib, mazkur holat uning
muhim savdo-tranzit yo‘li ustida joylashganligi
-
dan dalolat beradi.
Bu
davrda
Termiz
va uning atroflarida ham sha
-
harsozlik madaniyatining jadallik bilan rivojlanganligini
kuzatish mumkin. Termiz atrofidagi Zartepa shahri ana
shunday shaharlardan biridir.
Qadimgi davrda kichik
manzilgoh sifatida paydo bo‘lgan Zartepa IV–V asrlarga
kelib maydoni 17 gektar bo‘lgan yirik shaharga aylandi.
Qal’a, qo‘rg‘on va istehkomlar ilk o‘rta asrlar dav
-
rining o‘ziga xos me’morchilik namunalaridan bo‘lib,
Naxshab vohasidagi Zahoki Maron, Buxorodagi Shah
-
ri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular jumlasidandir.
Ma’lumot uchun
Eftaliylar otliq askari
1. Bu davrda Yevropa davlatla-
rining
rivojlanishi qay dara-
jada edi?
2. Nima deb o‘ylaysiz, suv inshootlari-
ning qurilishi davlatning rivojlanishi
uchun qay darajada muhim?
3. Jamoalarga bo‘linib, Zog‘ariq, Bo‘z-
suv, Darg‘om
kanallarining bugungi
ko‘rinishi va holati bo‘yicha internet
manbalaridan ma’lumotlar to‘plang
va taqdimot tayyorlang.
Buxoro Sug‘dida o‘ng
tomonida hukmdor tasviri
tu shirilgan
kumush va mis tangalar zarb
etilgan. Samarqand Sug‘dida V-VI asr
-
larda orqa tomonida tik turgan kamonchi
tasviri tushirilgan kumush tangalar chiqa
-
rilgan. Naxshab (Qarshi) vohasida o‘ng
tomonida podsho bosh qismi tasviri tu-
shirilgan mahalliy kumush va mis tangalar
muomalada bo‘lgan.
Xorazmda esa, old
tomonida hukmdor boshi, orqa tomonida
otliq chavandoz tasviri tushirilgan kumush
va mis tangalar zarb etilgan.
Hozirgi vaqtda ham Toshkent vohasi
va Janubiy Qozog‘is ton yerlarining bir qis
-
mini suv bilan ta’minlab turgan Zog‘ariq
(Zovariq) va Bo‘zsuv, Samarqand viloyati
janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi
Darg‘om kanali V asrda barpo etilgan eng
yirik sug‘orish tarmoqlaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: