Tashqi savdo bojidan
manfaat dor bo‘lgan eftaliy
-
lar Ipak yo‘lini o‘z nazoratlari ostida tutib
turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston,
Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro
savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li sav
-
dosida sosoniy savdogarlari bilan raqo
-
batda asosan sug‘diy lar vositachi rolini
o‘ynardi. Ichki va tashqi savdo mu no-
sa batlarida eftaliylar dastavval sosoniy
hukmdorlarining kumush tangalaridan
keng foydalanadilar. Bundan tashqari,
Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab,
Samarqand va Xo razm da mahal liy ho
-
kimlar tomonidan chiqarilgan chaqa
tan ga lar mamlakatning ichki savdosida
keng muomalada bo‘lgan.
Bu davrda Turonda shishasozlik rivoj-
langan. Shishalar rangdorligi, yarqi roq ligi
va tiniqligi jihatidan Vizantiya shi shasidan
ustun tur gan. Xitoy imperatorlari o‘z sa-
roylarini bezashda Turon dan keltirilgan
rangli shishadan foydalanganlar.
Ijodiy faoliyat
1. Nima sababdan eftaliylar hukm-
ronligining dastlab
ki yillarida
sosoniylar tangalaridan foydalanishgan?
2. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezash-
da Turondan keltirilgan rangli shishadan
foydalangan. Nima uchun Xitoyda va
boshqa o‘lkalarda bunday shishalarga xa-
ridor ko‘p bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? Fikringiz-
ni asoslang.
Ma’lumot uchun
Turon aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi
qismi esa tur kiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili
xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy
Turkiston va Xitoy hududlarida muomalada bo‘lgan.
Eftaliylar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Mazkur
alifbo 25 harfdan iborat bo‘lgan.
Eftaliylar davrida ham bolalarga yoshligidan ta’lim va tarbiya
berilgan. Ayniqsa, harbiy soha bilan faqat o‘smir o‘g‘il bolalargina
shug‘ullanmagan. Qizlar ham otda yurishga, kamondan o‘q otish
kabi jismoniy mashqlarga jalb qilingan.
Dostları ilə paylaş: