Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy ma
-
daniyatning yangidan yangi betakror namunalari yara
-
tildi. Turli olimlar, mutaxassislar bahsiga sabab bo‘lgan 
Turk-runiy, Urxun-Yenisey yozuvi, Kultegin bitiklari, 
Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilma
-
lar turk yozma madaniyatining qadimiyligi va rang-ba
-
rangligidan guvohlik beradi.
Turon zaminida turkiy yozuv bilan bir qatorda 
Sug‘d va Xorazm yozuvlari ham keng qo‘llanilgan. 
Sug‘d yozuvi chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Sha
-
harlarda so‘g‘d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo‘lganligi 
haqida Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» 
(XI asr) asarida ham qayd etib o‘tilgan. Bu yozuvlarda 
ulug‘ ajdodlarimizning qadimiy tarixi, boy madaniya
-
ti bilan birga Navro‘z bayramiga oid ma’lumotlar ham 
aks etgan. 
Bugungi kunda milliy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z 
ham o‘sha davrlarda keng nishonlangan. 
35
Ijodiy 
faoliyat
Bugungi kunda Navro‘z bayra-
mida biz qanday milliy o‘yinlar-
ni tashkillashtiramiz?


Dehqonlar va boylar bu vilo-
yatdan qochdilar hamda Turkis-
ton va Taroz (yaqinida) bir shahar bino qiladilar, 
chunki Buxorodan qochib ketgan toifaning raisi 
bo‘lmish bir katta dehqonning nomi Hamuk edi. 
«Hamuk» deb, Buxoro tilida gavharga aytiladi, 
«ket» esa — shahar, ya’ni Hamuket «Hamuk — 
gav harning shahari» demakdir. Buxoro tilida katta 
odamni «hamuk», ya’ni falonchi gavhar deydilar. 
So‘ngra Buxoroda qolgan kishilar o‘zlarining 
(qochib ketgan) sarkardalariga odam yuborib, 
Abruyning jabr-zulmidan qutqarishni so‘radi-
lar. Shunda sarkardalar va dehqonlar turklar 
podshohining oldiga bordilar — u podshohning 
nomi Qarojurin turk bo‘lib, ulug‘ligi sababli unga 
Biyog‘u deb laqab bergan edilar — va Biyog‘udan 
arz-dodlariga yetishni iltimos qildilar. Biyog‘u 
Sheri kishvar ismli o‘z o‘g‘lini ko‘p lashkar bilan 
yubordi. Sheri kishvar Buxoroga kelgach, Bay-
kandda Abruyni tutib bandi qildi... 
Sheri kishvarga bu viloyat yoqib qolib, otasi-
ga xat yubordi va undan bu viloyatni talab qilib, 
Buxoroda turishi uchun ruxsat berishini iltimos 
qildi. Biyog‘udan: «U viloyatni senga bag‘ishla-
dim», — degan javob kelgach, Sheri kishvar Ha-
muketga odam yuborib, Buxorodan qochib ketgan 
kishilarni xotin va bola-chaqalari bilan Buxoroga 
oldirib keldi... Sheri kishvar Buxoro shahristonini 
qurdi. U yigirma yil podshoh bo‘lib turdi. Undan 
keyin bo‘lgan boshqa podshoh Iskajkat, Sharg‘ va 
Romtin qishloqlarini bino qildi, so‘ngra Farax shiy 
(Varax sha) qishlog‘iga asos soldi.
Abu Bakr Narshaxiyning
«Buxoro tarixi» kitobidan
Abruy qo‘zg‘oloni, rassom V. S. Kaydalov

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin