Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar
1. Turk xoqonligi davrida qaysi hududlar o‘z mustaqilligini saqlab qoldi?
2. Farg‘ona, Sug‘d, Choch, Toxariston, Xorazm hududlarini zamonaviy xaritadan 
ko‘rsating. Nima sababdan ular o‘z mustaqilliklarini saqlab qolgan?
1 2 - 1 3 - m av z u l a r : 
MAHALLIY HOKIMLIKLARNING 
TASHKIL TOPISHI
V–VII asrlarda Turk xoqonligi bir qan cha ho
-
kimliklarga bo‘linib, 15 dan ortiq mustaqil hokimlik
-
lar tash kil topdi. 
Turk xoqonligi dastlabki boshqaruv yillarida mahalliy 
boshqaruv tizimiga tub o‘zgarishlar kiritmaganini yerli 
boshqaruvda ko‘plab mahalliy turkiylarning faoliyati 
bilan ham izohlash mumkin. Biroq Turk xoqonligi ik
-
kiga bo‘lingach, G‘arbiy Turk xoqonligi bu masala
-
ga jiddiy e’tibor berdi. 
Bu davrda ma’muriy islohotlar aynan 
xoqonlik va mahalliy boshqaruv faoliyatini mu
-
vofiqlashtirishga qaratildi. Qolaversa, xoqonlik tur
-
kiylarining o‘troq hayoti va o‘ziga xos davlatchilik an’analari 
eftaliylar davridagidan farqlangan.
Turk xoqonligining mahalliy sulolalar boshqaruvini saq
-
lab qolishdan maqsadi o‘troq o‘lkalarda siyosiy barqaror
-
likni ta’minlash, iqtisodiy taraqqiyot rivojini to‘xtatmaslik va 
harbiy jihatdan ularga ko‘maklashuv bo‘lgan.
Bundan tashqari, mahalliy hukmdorlarning aksariyati 
Turk xoqonligi hukmdorlari bilan yaqinlashib, qardoshlik 
aloqalarini o‘rnatgani xoqonlik diplomatiyasining mahora
-
tini oshirgan.
Mulohaza uchun
39


Toxariston
da 27 ta tog‘ 
va tog‘oldi vilo yatlaridan 
iborat mustaqil hokimliklar bo‘lgan. 
Uning poytaxti Balx shahri edi. Hozirgi 
Janu biy O‘zbe kiston va Janubiy Toji
-
kiston, Shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichi-
g a olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hi
-
sor tog‘lari, janubda Hin dikush, g‘arbda 
Murg‘ob va Xerirud vodiysi, sharqda Po-
mir bilan che ga ralangan.
Toxariston aholisining asosiy qismi 
o‘troq dehqonchilik bi lan shug‘ullangan. 
Hunarmandchilikda, ayniqsa, qurolsoz
-
lik, shishasozlik, to‘qimachilik yuksal
-
gan. Toxariston Hin diston, Yaqin va Uzoq 
Sharq mamlakatlari bi lan savdo-mada
-
niy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tanga
-
lari ich ki savdo muomalasida yurgan.
Qadimgi Varaxsha qasrining 
zamonaviy rekonstruksiyasi
Mulohaza uchun
1. Toxariston Hin diston, Yaqin 
va Uzoq Sharq mamlakat-
lari bi lan savdo-madaniy aloqalar o‘r-
natgan. Hududda qaysi madaniyatlar 
ta’siri kuchli bo‘lgan, deb o‘ylaysiz?
2. VI–VII asrlarda qaysi viloyat yoki sha-
harlarda mustaqil hokimliklar bosh-
qalariga nisbatan ko‘p bo‘lgan va bu-
ning asosiy sababi nimada?

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin