Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Ijodiy faoliyat
Toxaristonga oid 
qal’a ko‘rinishi
40


Mulohaza uchun
41
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi 
Sug‘d ix shidlari
– voha 
hukmdorlari edi. VI–VII asrlarda davlatlar birlash masi ittifoqida Sug‘d 
ixshidlari katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan. Zarafshon vodiylarida joy lashgan 
Samar qand, Buxoro va Qashqadaryo vohasidagi Kesh viloyatining o‘n bitta yirik 
mulklari birlashgan bo‘lib, ularning har biri o‘z hokimi, harbiy chokarlari va mis puli 
birligiga ega edi.
Sug‘dda aholi gavjum bo‘lib, sug‘diylar dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan 
shug‘ullanishgan. Chorvachilikda Sug‘dning hisori qo‘ylari va tulporlari juda mash-
hur bo‘lgan. Sug‘d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylanadi.
Samarqandni poytaxt qilgan Sug‘d Qang‘ davlati tanazzulidan keyin mustaqil 
davlatga aylangan. Sug‘d Turk xoqonligi va G‘arbiy Turk xoqonligi vassali bo‘lsa-da, 
o‘zining asriy mahalliy ma’muriy boshqaruvini saqlab, turkiy boshqaruv an’anala
-
ri bilan boyidi. Turkiy davlat boshqaruvida xoqonning mutlaq hukmronligi Sug‘dda 
shakllangan azaliy demokratik tamoyillardan farqlanardi. Chjou xonadoni va «o‘n 
o‘q» sulolasi vakillari Sug‘dda davlatni podsho orqali emas, balki yirik dehqon, sav
-


Ijodiy faoliyat
do
gar va shahar amaldorlaridan iborat Oqsoqollar Kengashi oliy or
-
gan orqali boshqarganlar. Oqsoqollar Kengashi podsholik — ixshidlik 
hokimiyatini cheklab qo‘ygan edi. Ixshidlar Oqsoqollar Kengashi oldida hisob berib 
turgan. Xoqon To‘n yab g‘u (618–630) ma’muriy islohotlari ham an’anaviy mahalliy 
boshqaruv tamoyillarini deyarli o‘zgartirmadi, aksincha, tudunlar, tarxonlar orqali uni 
mustahkamladi. Ular o‘z vazifasi doirasida iqtisodiy ahvolni kuzatish, soliqlar yig‘ish, 
harbiy masalalarni hal etish va xoqonlik bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat 
qildi. Bu siyosiy va iqtisodiy barqarorlik va rivojlanish garovi bo‘lib qoldi.
Farg‘ona
hukmdorlari 
ixshid
deb atalgan. Far g‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, 
aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat 
(Xush kat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunar mand chilikning 
turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xari
-
dorgir bo‘lgan. Qo‘shni mam lakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-dar-
mon lar chiqarilgan.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorva dor lar ham yashaganlar. 
Qurama va Qoramozor tog‘lari yon ba g‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ulla
-
nilgan. Bu vodiyda ko‘pay tirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga ketgan.
Mulohaza uchun
1. Far g‘onaning 
«sa-
moviy otlari» haqida 
qo‘shimcha manbalardan 
ma’lumotlar to‘plab, ularni 
sinfdoshlaringiz bilan muho-
kama qiling. 
2. Nega «samoviy otlar» de-
ganda doim Farg‘ona otlari 
yodimizga kelishini guruh-
larga bo‘lingan holda asos-
lab bering. Ularning bugungi 
kundagi ahamiyatini ochib 
bering.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin