Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/130
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#204991
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
7-sinf O\'zbekiston tarixi 2022-yil nashri

Molikiylik mazhabi
asoschisi, imom Abu Abdulloh 
Molik ibn Anas 711-yilda tavallud topgan. Mazkur maz
-
habda birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi manba 
hadis hisoblanadi. Molikiylik mazhabida shar’iy masa
-
lalarda Madina hayoti va odatlari ko‘p hollarda ustun 
turgan. Molikiylik Marokash, Jazoir, Tunis, Bangladesh 
kabi mamlakatlarda asosiy mazhab hisoblanadi.
Shofe’iylik mazhabi
asoschisi Abu Abdulloh Mu
-
hammad ibn Idris Shofe’iy (767–804). Shofe’iylik maz
-
habi fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, sunnat, ijmo va qi
-
yosga suyanadi. Ular hanafiylar va molikiylarda mavjud 
bo‘lgan istehsonni rad qiladilar. Shofe’iylik, asosan, In
-
doneziya, Malayziya, Misr, Sudan, Keniya, Mali, Liviya 
kabi davlatlarda tarqalgan.
Hanbaliylik mazhabi
asoschisi imom Abu Abdul
-
loh Ahmad ibn Hanbal (780–855) Bag‘dod shahrida 
yashagan. Hanbaliylik mazhabida Qur’on va sunnat 
asosiy manba hisoblanadi. Ijmo va sahobalarning gap
-
lari keyingi o‘rinlarda turadi. Qiyosni boshqa iloj qolma
-
gandagina ishlatishga ruxsat beriladi. Mazkur mazhab 
izdoshlari kam sonli bo‘lib, asosan, Saudiya Arabisto
-
ni, Yaman, BAA, Quvayt, Qatar davlatlari aholisi orasi
-
da tarqalgan.
Sunniylikdagi to‘rtala mazhab bir-biri bilan teng hi
-
soblanadi. Mazhablar an’anaviy diniy huquq doirasi
-
dan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq 
yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan farq qiladi.
2017-yildan O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 
Imom Moturidiy majmuasida «Kalom ilmi maktabi», 
moturidiylik ta’limotining yirik vakili Abul Mu’in Nasa-
fiy ziyoratgohida esa «Aqoid maktabi»ni tashkil etildi.
1. Mazhab deganda nimani 
tushundingiz?
2. Sunniylar yashaydigan 
hududlarni xaritadan 
aniqlang.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin