4.12-rasm. Tenglamani sonli echish va uning grafigini qurish. Root funksiyasi yordamida funksiya hosilasini nulga tenglashtirib uning ekstremumini ham topish mumkin. Funksiya ekstremumini topish uchun quyidagi proцedurani bajarish kerak:
1.Ekstremum nuqtasiga boshlang’ich yaqinlashishni berish kerak.
2.Root funksiyasini yozib uning ichiga birinchi tartibli differensialni va o’zgaruvchini kiritish.
3.O’zgaruvchini yozib teng belgisini kiritish.
4.Funksiyani yozib teng belgisini kiritish.
Root funksiyasi yordamida tenglamaning simvolli echimini ham olish mumkin. Buning uchun boshlang’ich yaqinlashish talab etilmaydi. Root funksiya ichiga oluvchi ifodani kiritish kifoyadir (masalan, Root(2h2+h-bb,h)). Keyin Ctrl+. klavishasini birgalikda bosish kerak. Agrar simvolli echim mavjud bo’lsa, u paydo bo’ladi.
4.9. Tenglamalar tizimini echish Mathcadda tenglamalar tizimini echish Given…Find hisoblash bloki yordamida amalga oshiriladi. Tenglamalar tizimini echish uchun iteratsiya usuli qo’llaniladi va echishdan oldin boshlang’ich yaqinlashish barcha noma’lumlar uchun beriladi (4.15-rasm).
Tenglamalar tizimini echish uchun quyidagi proцedurani bajarish kerak:
1.Tizimga kiruvchi barcha noma’lumlar uchun boshlang’ich yaqinlashishlarni bernish.
2. Given kalit so’zi kiritiladi.
4.13-rasm. Chiziqsiz tenglamalar tizimini echish. 3.Tizimga kiruvchi tenglama va tengsizlik kiritiladi. Tenglik belgisi qalin bo’lishi kerak, buning uchun Ctrl+= klavishilarini birgalikda bosish kerak bo’ladi yoki Boolean (Bul operatorlari) panelidan foydalanish mumkin.
4.Find funksiyasi tarkibiga kiruvchi o’zgaruvchi yoki ifodani kiritish.
Funksiyaga murojaat quyidagicha bajariladi: Find(x,y,z). Bu erda x,y,z – noma’lumlar.
Noma’lumlar soni tenglamalar soniga teng bo’lishi kerak.
Find funksiyasi funksiya Root ga o’хshab tenglamalar tizimini sonli echish bilan bir qatorda, echimni simvolli ko’rinishda ham topish imkonini beradi.