4.15. Matematik statistika elementlari Mathcad matematik statistikaning masalalarini echish uchun ko’plab qurilgan funksiyalarga ega bo’lib, ular o’rtacha kattalik, dispersiya, koorelyaцiya koifisienti, ehtimollik zichligi, ehtimollik funksiyasi, 17 ta har хil tasoddifiy miqdorlar taqsimot ko’rinishini hisoblash imkoniyatini beradi. Bulardan tashqari Mathcadda tasoddifiy sonlarni generaцiya qilishning 17 ta mos taqsimot ko’rinishini, hamda Mante-Karlo usuli yordamida effektiv modellashtirishni olib borish imkoniyati ham bor.
Ajratib olingan ma’lumotlar asosida parametrlarni baholash uchun Mathcadda 16 ta har хil funksiyalar mavjud:
mean(A) – A massiv elementlari qiymatlarining o’rtachasini qaytaradi.
hmean(x) – A massiv elementlari gormonik qiymatlarining o’rtachasini qaytaradi.
gmean(A) – A massiv elementlari qiymatlarining o’rtageometrigini qaytaradi.
var(A) – A massiv elementlari dispersiyasini qaytaradi.
Var(A) – A massiv elementlarining qo’zg’almagan dispersiyasini qaytaradi.
stdev(A) – A massiv elementlarining o’rtakvadratik chetlanishini qaytaradi.
Stdev(A) – A massiv elementlarining qo’zg’almagan o’rtakvadratik chetlanishini qaytaradi.
median(A) – ehtimollik gistogrammasini ikkita teng qismga bo’luvchi A massiv medianasini qaytaradi.
4.22-rasm.Statistika kattaliklarini hisoblash.
mode(A) – A massiv modesini qaytaradi.
skew(A) – A massiv assimmetriyasini qaytaradi.
kurt(x) – A massiv eksцessini qaytaradi.
stderr(A,B) – A va B massivlarning chiziqli regressiyasi usun standart хatosini qaytaradi.
cvar(A,B) – A va B ikki massiv elementlari kovariaцiyasini qaytaradi.
coor(A,B) – A va B ikki massiv korrrelyaцiya koifisientini qaytaradi.
hist(int,y) – A massiv gistogrammasini quradi.
histogram(n,y) – bu funksiya ham A massiv gistogrammasini quradi.