4.21-rasm.Chiziqli regressiya tenlamasini tuzish. Bu funksiyalarda
x – argument qiymatlari vektori;
y – funksiya qiymatlari vektori
g – a,b,c koifisientlar boshlang’ich yaqinlashish qiymatlari vektori;
t –interpolyatsiya qilinayotgan funksiya hisoblanayotgan argument qiymati.
Yuqoridagi rasmlarda massiv (tajriba) ma’lumotlari bilan approksimatsiyalangan funksiya orasidagi bog’liqlikni baholash uchun koorelyaцiya koifisienti corr hisoblangan.
4.14. Tashqi ma’lumotlar bilan bog’lanish Mathcad qayta ishlanadigan ma’lumotlar ko’p bo’lganda ularni fayllarga saqlash va qayta o’qish imkonini ham yaratadi. Ma’lumotlarni Mathcad prn kengaytma nom bilan oddiy matnli fayl qilib saqlaydi. Buning uchun WRITEPRN buyrug’ini berish kerak. Bu buyruq ko’rinishi quyidagicha.
WRITEPRN(“fayl nomi”):= Masalan,
WRITEPRN(“DY”):=Y
Fayl nomini berishda uning kengaytma nomini berish shart emas.
Хuddi shunday, boshqa dasturda yaratilgan fayllardan ham, masalan, Excel ma’lumotlaridan Fortranga, Fortrandan Matcad ga o’tkazish mumkin. Bu ishni teskarisiga ham bajarish mukin.
To’g’ri burchakli matritsani yoki vektorni alohida faylga yozib olish uchun quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajarish kerak:
Standart vositalar panelidan Insert Function (funksiyani qo’yish) tugmasini bosib, muloqot oynasini chiqarish.
Funksiyalar guruhidan File Access (Faylga ruхsat) tanlanadi.
Keyin WRITEPRN funksiyasi tanlanadi.
Paydo bo’lgan shablanga fayl nomi kiritiladi, keyin yuborish operatori (:=) teriladi va massiv nomi kiritiladi. Bunda massiv elementi qiymatlari berilgan nom bilan .prn kengaytmada faylga yozilib saqlanadi.
Biror bir faylda saqlanayotgan ma’lumotlarni Mathcadga o’qib olish uchun READPRN buyrug’idan foydalaniladi .
Masalan, biror bir massiv elementi qiymatlari faylda saqlanayotgan bo’lsa, uni Mathcadga qayidagicha o’qib olish:
Massiv nomini kiritiladi, keyin yuborish operatori (:=) teriladi.
Standart vositalar panelidan Insert Function (funksiyani qo’yish) tugmasini bosib, muloqot oynasi chiqariladi.
Funksiyalar guruhidan File Access (Faylga ruхsat) tanlanadi.