Zarbalar volan uchishi trayektoriyasiga ko‘ra, quyidagilarga bo‘linadi: baland-olis, baland hujumkor, hujumkor, yassi hamda qisqa (qisqartirilgan).
Baland-olis zarbada volan ko‘tarilish trayektoriyasi bo‘yicha uchib, maydonchaning orqa chizig‘i tomonda raqib o‘yinchining ortiga tushadi. Qiyin vaziyatlarda vaqtdan yutish va qulay holatda turib olishga ulgurish uchun ushbu usuldan foydalaniladi.
Baland hujumkor zarbada volan raqib o‘yinchi ustidan qaytarish imkoni bo‘lmagan pastroq balandlikda uchib o‘tadi va uning ortiga tez tushadi. Hujumni tayyorlashda ushbu usul qo‘llaniladi. Qo‘l zarba uchun ko‘tarilganda pauza bilan bajariladi hamda raqibni orqa chiziq tomonga siljishga majbur qilmoqchi bo‘lganda badmintondagi eng samarali usullardan biri sanaladi.
Badmintonchilar orasida ushbu zarbalarning boshqa nomlari ham uchraydi. Masalan, baland-olis zarbani baland-tikkaydki orqa chiziq tomonga tikka zarba, baland hujumkor zarbani esa hujumkor tikka zarba ham deb atashadi. Mazkur zarbalarning o‘ziga xosligi
ularning trayektoriyasida boTib, zarbaning oxirida volan tik holat- da uchib tushadi (9-rasm).
9-rasm. Raketkaning ochiq tomoni hamdayopiq tomoni bilan
baland-olis (1) va baland hujumkor (2) zarbalar berish.
Volanga zarba berishning eng yaxshi usuli - zarba paytida volanning boshchasi raketka kallagining simli yuzasiga perpendikulyar holatda boTishidir. Zarba trayektoriyasining oxirgi qismida volan tikka holatda yerga tushayotganda uning boshchasi maydoncha yuzasiga perpendikulyar holatda boTadi, shu bois, raqib unga faqat yon tomondangina zarba berishi mumkin. Natijada zarbaning bir qismi volanning patlariga to‘g‘ri keladi (10-rasm). Bunday zarba nisbatan kuchsiz boTib (patlar uning kuchining bir qismini so‘ndiradi), aksariyat hollarda maydon chetiga chiqib ketadi yoki to‘rga borib tegadi.
10-rasm Volanga yon tomondan zarba berish.
Hujumkor zarbada (smesh, yarim smesh) volan pastlama trayektoriya bo'yicha baland tezlikda juda tez uchadi (11-rasm).
11-rasm.Raketkaning ochiq tomoni hamdayopiq tomoni bilan
hujumkor (smesh) zarba berish
Yassi zarbada volan masofaning katta qismini maydoncha yuzasiga parallel holatda shundoqqina to‘r ustidan uchib o‘tadi hamda asta-sekin pastlab borib maydonchaning o‘rta yoki orqa qismiga tushadi. Odatda juftlik o‘yinlarda yon chiziqlarga tomon yoki raqibning tanasiga zarba berish uchun qoTlaniladi (12-rasm).